www.ziyouz.com
kutubxonasi
208
Qilurni qilmish o‘lg‘oybiz biz oxir.
Bular gar ko‘ngliga bo‘lmas tirozi,
Xud o‘lg‘ay daf’ elning e’tirozi».
Bu so‘zdin lolarux guldek ochildi,
Rujuin ham aning rayig‘a qildi.
Mihinbonu ravoni hukm surdi,
Nekim matlub edi, borin buyurdi.
Bilurlar erdi Bonu rasmu royin,
Hamul dam torti bazm asbobi oyin.
Dedi Bonuki: «Ayvon ichra kunduz,
Qo‘yoli jomi may ichmak sori yuz
Ki, havz o‘lsun nazar ollig‘a o‘tru,
Bu manzildin g‘araz chun erdi bu suv.
Jahong‘a mushk sersa shomi dayjur,
Qilib ravshan falakdek sham’i kofur,
Tutoli bir nafas qasr ichra orom,
Vale orom tutmay tortali jom».
Iki-uch hushmandi nuktarardoz
Yibordikim qilib har yon taku toz,
Topib Farhodi zori benavoni,
Keturgaylar bu majlis ichra oni.
Borib tortilar oni zoru mahjur,
Balou dardig‘a yo‘q haddu maqdur.
g‘amu andisha o‘tining sharori,
Sharori dardu mehnat beqarori.
Topib ko‘rmaktin oni yuz malolat,
Ravon qildilar izhori risolat.
Ayog‘larig‘a qo‘ydi bosh yig‘lab,
Nechukkim sel to‘kti yosh yig‘lab.
Dedi: «K-ey nuktangiz jonimg‘a ummid,
Ne jon ummidi, balkim umri jovid.
Izingiz gardi toji iftixorim,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |