www.ziyouz.com
kutubxonasi
209
Ne qilmoqqa mening ne ixtiyorim».
Eshitgach bo‘ldilar xushdil ravona,
Ani e’zoz aylab xusravona.
Ul o‘ldi shah, bular xaylu sirohi,
Anga tegruki erdi bazmi shohi.
Yetishgach Bonu aylab behad ikrom,
Dedikim, kursi uzra tutsun orom.
Bajo kelturdi ul bemisl nodir,
Nekim Bonug‘a bo‘ldi hukm sodir.
Ishorat aylag‘ach Shoruri bedil,
Ravon kursi tubida tutti manzil.
Chu kursi uzra manzil tutti Farhod,
Mihinbonu takallum qildi bunyod.
Nekim imkoni bo‘lg‘ay husni taqrir,
Ravo ko‘rmay aning uzrida taqsir.
Bu ham har nav’kim anglab xitobin,
Xijolatlar bila aytib javobin.
Chu mardumliq hadisi torti royon,
Ravon xon chektilar behad namoyon.
Chu qolmay ishtiho xonlarg‘a boqi,
Surohi kelturub majlisqa soqi
Tuzuldi o‘yla bazmi xusravoyin
Ki, ko‘rmay o‘yla charxi kajravoyin.
Surohilar mayidin ruh olib qut,
Qadahlar har biri bir rora yoqut.
Bo‘lub gulrang may moi maindek,
Safou rangi la’li otashindek.
Bu la’lu zarfning yoqut jismi,
Hisori shira bu maxzan tilismi.
Tilismi torqan el nogah ochilmoq,
Havosi telbarab usruk yiqilmoq.
Mihinbonu ichib davron ayog‘i,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |