www.ziyouz.com
kutubxonasi
140
Sanga yuzinda bo‘lg‘ay oshkoro.
Ani ko‘rgach yetib ishq ibtilosi,
Bo‘lub oshiqlig‘ingning ibtidosi.
Yana har necha boqsang ko‘rmagung hech,
Ishing sarrishtasig‘a tushkusi rech.
Bo‘lub ojiz ishingdin ahli tadbir,
Boshingg‘a kelgusidur ulki taqdir.
Nechakim bo‘lg‘usi holing tabohi,
Falakka yetkusi ko‘nglungning ohi.
Vale tortib sirahlar ishqi matlub,
Aningdek qilg‘usi ko‘nglungni mag‘lub
Ki, ondin bir nafas gar bo‘lsang ogoh,
Ko‘p ortuqroqqi ming yil bo‘lg‘osen shoh.
Chu men ham qildim oxir xayrboding.
Murodim buki yetkach ul muroding,
Hujumi ishq tug‘yonida gohe
Sog‘ing‘oysen meni ham tortib ohe».
Chu dono chekti bu g‘oyatg‘a so‘zni,
Bas etti so‘zni dog‘i yumdi ko‘zni.
Chekib Farhod hijronida vaylo,
Uzun yo‘l tutti andoqkim Suhaylo.
Ko‘rub Farhodi mahzun o‘yla holat,
Ko‘zidin yog‘durub ashki malolat.
Base yig‘lab nechukkim ahli motam,
Aning holig‘a, o‘z ahvolig‘a ham.
Tilab Xoqonu Mulkoroni darhol,
Alar dog‘i Ko‘rub ul rurxatar hol.
Ikov xud toshqori o‘lmokka yetib,
Nekim dono bayon aylab eshitib.
Tilab bir necha donovash kishini,
Saranjom ettilar dono ishini.
Berib qabrig‘a oncha vaqfdin bahr
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |