www.ziyouz.com
kutubxonasi
104
Bu ishning borcha ahvolin kamohi.
Eshitkon birla bizlar ham bilurbiz,
Ne so‘zkim shah so‘rar, sharhin qilurbiz.
Va lekin chun bu ma’ni toru rudi,
Emas tahqiqimiz, yo‘q nukta sudi.
Nechuk bilmay degay so‘z ahli hikmat,
Xususan so‘rsa oni ahli davlat.
Bu mushkil nukta hallin ul qilur, ul,
Aning sori buyursang boshlali yo‘l».
Chu shah topib bu ma’nidin nishona,
Bo‘lub shahzoda ko‘ngli shodmona.
Rikob ahli ravoni chektilar ot,
Ato birla o‘g‘ul otlandilar bot.
Bo‘lub ul hikmat ahli borcha hamroh,
Alardin nuktajo‘ shahzodau shoh.
Ko‘rundi dasht aro bir qulla rora,
Hakim onda nihon bo‘lg‘on mag‘ora.
Tushub markablaridin borcha nokom,
Yayoq ul g‘or sori urdilar gom.
Biri ul hikmat ahlidin nihoni,
Kirib g‘or ichra ogah qildi oni
Ki, hamrahlig‘ etib iqboli jovid,
Atorud sori kelmish oyu xurshed
4
.
Suhaylo chun eshitti ul iborat,
Alar ihzorig‘a qildi ishorat.
Adab birla kirib shahzodau shoh,
QO‘pub o‘z o‘rnidin donoi ogoh.
Ko‘rushti ikkisi birla kulub shod,
Alar ham o‘rtilar ilgin bo‘lub shod.
Hakim o‘lturdi mushkil qilg‘ali hal,
Alarning ikkisin o‘lturtub avval.
Surub yo‘l ranjidin shahlarni bir-bir,
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |