www.ziyouz.com kutubxonasi
113
Yetishgach g‘or ichiga bemahobat,
Ko‘ziga uchradi mundoq kitobat.
Musayqal taxta tosh uzra qozilg‘on,
Nihoni ganj ahvoli yozilg‘on
Ki: «Yey ulkim solib ofoq aro sho‘r,
Berib Tengri sanga tavfiq ila zo‘r.
Chu o‘lturgung durur bu ajdahoni,
Aning g‘orida ganjidur nihoni.
Aning chun rishtai umrini uzdung,
Erur bu ganji maxfiy dastmuzdung.
Erur bu g‘or gardundek mudavvar,
Chu markaz nuqtasin torting muqarrar
3
.
Ko‘mukluk yerga toshidur shabahgun
Ki, bor vazn ichra ming botmondin afzun.
Qilich no‘gi bila davrini yorg‘il,
Solib sarranja o‘rnidin qo‘ng‘org‘il.
Chu qilding raf’ ul tosh zahmatini,
Kirib ko‘r, Haq taolo qudratini».
O‘qub shahzoda ul farxunda tahrir,
Bitilganni bajo kelturdi bir-bir.
Qilib bori yozilg‘onni rioyat,
Topib ganji oningdek benihoyat
Ki, gardun xozini darkida ojiz,
Ko‘zi ko‘rmay mingidin birni hargiz.
Necha ming xum nihon qilg‘on Faridun,
Vale har bir nechukkim xumi gardun.
Bo‘lub oltun-kumush ba’zida zohir,
Vale ba’zida qiymatlig‘ javohir.
To‘rida ganjning bir oli ayvon
Ki, har burchidag‘i o‘rgamchi Kayvon.
Bu ayvon ichra bir taxti murassa’,
Aning ustida yuz jinsi mulamma’.