www.ziyouz.com kutubxonasi
330
Bo‘lub hamdoston ul mojarog‘a.
Debon xilvatda ko‘p rozi nihoni
Ki, Xusravdur jahonning hukmroni.
Nasabda borcha sultonlar shahidur,
Hasab ichra nihonlar ogahidur.
Bizing birlaki qilmish mayli rayvand,
Ne derbiz bo‘lmayin bu ishga xursandg‘
Tirik bo‘lsa edi Farhodi g‘amgin,
Qilur erdi kiroy qilmoq munga kin.
Chu ul bordi, xusumat bejihatdur,
Bu shah ra’yig‘a kirmak maslahatdur.
Nechuk qilg‘ay bir ish ahli maoni
Ki, sudi ozu ko‘p bo‘lg‘ay ziyonig‘!
Kerak Rarvez paymonig‘a kirmak,
Erur bevajh el qonig‘a kirmak.
Bu kishvarniki zulmi qildi barbod,
Magar ham qilg‘ay oning adli obod!
Harif ermas durur xorog‘a shisha,
Chu tushti o‘t, kuyar xirmon hamisha.
Mihinbonu bu so‘zlar aylagach go‘sh,
Ko‘rub ma’qul, bir dam bo‘ldi xomush.
Bu ishni dog‘ikim Farhodi mazlum,
Ne yanglig‘ o‘ldi qilmish erdi ma’lum.
Aning dardig‘a ko‘p qon yutmish erdi,
Anolardek azosin tutmish erdi.
Yo‘q ul yolg‘uzki sarvi lolaruxsor,
Qilib so‘gida yuz rargola ruxsor.
Yetib ming zaxm jismi dardnokin,
Tilab albatta qilmoq o‘z halokin.
Necha qatla tilab zahri nihoni,
Icha olmay chu el fahm aylab oni.
Kuyarga aylab otashgah sori mayl,