www.ziyouz.com kutubxonasi
296
Ichimda hajr o‘qi solg‘oncha yora,
Qo‘turdin oncha zaxmi oshkora.
Mening zaxmimdag‘i qonlar nihoni,
Nihon aylab aning zaxmini qoni.
Meningdek za’f o‘tidin jonida o‘rt,
Yuzung ko‘rmak xayolidin ko‘zi to‘rt.
Vafo bobida ikkimizda da’vo,
Muhabbat shartida ham bizda da’vo.
Topib o‘z holatin bu notavonda,
Manga ulfat tutub ul ostonda.
Mening holimg‘a ul aylab tarahhum,
Anga ul nav’kim ahli tana’um.
Ko‘rubmen anda mardumlig‘ nishoni,
Ko‘zumda indabon mardumdek oni
2
.
Ko‘zum qonining oqmog‘in chu boqib,
Aning dog‘i ko‘zumdek qoni oqib.
Rafiq erdi manga men ham rafiqi,
Mening holimg‘a rifq oning tariqi.
Ne erkin za’f ichinda holi, yo Rab,
Bu itdekmu ekin ahvoli, yo Rabg‘!
Tororda ostoningda ranohi,
Meni ko‘zlarmu erkin goh-gohig‘!
Ko‘ngulda o‘ylakim dardi nihoning
Kirarmenmu ekin ko‘ngliga oningg‘
Yalar vaqti jarohatlarni darham,
Bilurmu, yo‘q mening zaxmimg‘a marhamg‘
Ayog‘i ko‘yunga gah-gah yetarmug‘
Agar yetsa bu itni yod etarmug‘
Sanga jonni fido qilmoq havosi,
Ne haddimkim bo‘lay ul it fidosig‘
Sening holing so‘rarg‘a qayda yoro,
Bas oning holin etsam oshkoro.