www.ziyouz.com kutubxonasi
299
Balo xayli aro bechora bo‘lmoq,
Diyoru mulkdin ovora bo‘lmoq.
Tuman ming odami gar banda, gar xayl,
To‘kub bu so‘g aro ashk o‘ylakim sel.
Ato birla ano qolib azog‘a,
Necha ming shahr eli ranju anog‘a.
Alarni davri charx aylab adamvor,
Mening jismimni xud tufroqqa hamvor.
Yana ko‘rkim, havodis toshidin dard,
Chiqorib har dam ul tufroqdin gard.
Azaldin ishq ekan bo‘lsa sirishtim,
Qazodin dardu mehnat sarnavishtim
3
.
Bu ishda kimga tig‘i ta’n uroyin,
O‘zumni yo‘qsa kimni yozg‘uroyin
Ki, yuz mendek, tuman andoqki Xusrav,
Habo bo‘lsa, qazo ollinda bir jav.
Nekim bo‘lsa qazoi osmoni,
Kishiga bo‘lmas isnod etmak oni.
Qayon erdim, qayon chekti jununum,
Junundin yova so‘z bo‘ldi fununum.
Yozarda nomani hushumdin ozdim,
Junundin hech bilmonkim, ne yozdim.
Chu men devona o‘zdin erman ogoh,
Ne sahv ettim raqam, astag‘furulloh.
Xato, afv et qalamg‘a bu raqamdin
Ki, majnunlar bo‘lur ma’fu qalamdin.
Qalamg‘a chun tugondi safhada sayr,
So‘z itmomi edikim «tamma bilxayr!»
4
Pari raykar o‘qug‘uncha bu maktub,
Nihodidin chiqib yuz qatla oshub.
Tanida noma chirmar ir kibi tob,
Vale ul irga tob ul jismi betob.