www.ziyouz.com
kutubxonasi
245
Chu mundoq va’da qildi shohi g‘addor,
O‘pub yer tebradi Kimrohi makkor.
Yasab o‘zni takalluf birla mahzun,
Jununsiz, lek shakli misli majnun.
Hamul vodida bir gul uzdi xushbo‘,
Serib bargi aro behushdoru.
Ravon Farhod sori urdi gomin,
Yasab devonalar yanglig‘ xiromin.
Chekib ul nav’ ohi oshiqona,
Degaysen, urdi o‘t andin zabona.
Chu Farhod ul surudi dard eshitti,
Qaroru hushi ketti, sabri itti.
Boqib chun ko‘rdi qaddin o‘ylakim yoy,
Degaysen, ko‘rdi devona yangi oy.
Yetib jonig‘a ko‘ngli iztirobi,
Urub ko‘nglig‘a o‘t joni xarobi.
Dedi: «K-ey dard o‘tidin shu’laangez,
Daming qilg‘on o‘tumning shu’lasin tez.
Ne holing boru qaysi ko‘ydinsen,
Bu yanglig‘ telba, ne mahro‘ydin seng‘
Manga g‘am tig‘in urdi ishqi bebok,
Sening ko‘ksung nedin bu nav’ erur chokg‘
Manga gardundin o‘ldi zulmu bedod,
Nedin sen tortasen afg‘onu faryodg‘
Manga hajr o‘tin etmish baxt ro‘zi,
Sanga muncha nedindur hajr so‘zig‘
Mening jismim qilib ishq o‘ti nobud,
Sening ohing nechun zohir qilur dudg‘»
Chu torti hiylagar bu nav’ bozor,
Yana izhor aylab ranju ozor.
Dedi: «K-ey ishq elining rodshohi,
Bo‘lub bul xayl ayog‘ing xokirohi.
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
Do'stlaringiz bilan baham: |