www.ziyouz.com kutubxonasi
211
Daqoyiqdin savol izhori aylab,
Alarg‘a aylagach juzvi ishorat,
Radidor o‘ldi yuz dilkash iborat.
Funun bozori ichra sho‘r tushti,
Atorudg‘a degin g‘avg‘o yovushti.
g‘aroyib ko‘p qila boshladi zohir,
O‘zining fannida har sho‘xi mohir.
Alarg‘a chun taammul qildi Farhod,
Unutqon nuktalarni ayladi yod.
Daler o‘lmish edi may jur’atidin,
Ne may, jomi rayoray jur’atidin.
Ani chun tab’i poku zihni oliy,
Qilib erdi zamon sohibkamoli.
Boqib ul sori tab’i ravshanidin,
Savole qildi har birning fanidin.
Javobida sanamlar borcha ojiz,
Eshitmay o‘yla mushkil nukta hargiz.
Alar chun shubhasig‘a tormayin daf’
O‘zi-o‘q aylabon ul shubhani raf’.
Fasohatda so‘zidin qosir idpok
Ki, har bir lafzi erdi gavhari pok.
Takallumni qilib chun nuktararvard,
Bo‘lub bazm ahli aqlu hushidin fard.
Mihinbonu qolib hayron so‘zidin,
So‘zin chun go‘sh etib, borib o‘zidin.
So‘zidin zohir asrori Ilohiy,
Jamolidin ayon anvori shohiy.
Yuzi oyini sog‘ar lola aylab,
Ul oyg‘a sabzasidan hola aylab.
Mihinbonuki donishrarvar erdi,
Bilik ahlig‘a shohi sarvar erdi
10
.
Muhaqqaq bildikim ulkim yo‘nar tosh,