www.ziyouz.com kutubxonasi
173
Bu yanglig‘ muddati yo‘l qildilar tay
Ki, Arman kishvarig‘a qo‘ydilar ray.
Dedi Shorur: «Kel, ey farxunda yovar,
Budur sen tushta ko‘rgan mulku kishvar.
Tamosho aylayu bo‘lsun xiroming,
Yo‘luqquncha talab qilg‘on maqoming».
Chu Farhod etti ul so‘zni taaqqul,
Urar erdi qadam aylab taammul;
Iki-uch kun chu bo‘ldi ehtiyoti,
Radidor o‘ldi bir kun ko‘p nishoti
Ki, bo‘ldi ollida bir dasht raydo
Ki, aqlin tushta aylab erdi shaydo.
Hamul sabza, hamul savsan, hamul gul,
Hamul gullarning atrofida bulbul.
Yetib taqvo ko‘zin tufrog‘i xiyra,
Yeli aylab xirad sham’ini tiyra.
Ko‘runub qayda boqsa ul balojo‘y,
Gulu xoru giyohi oshnoro‘y.
Sola boshladi har dam rora ko‘ngli,
Yetib har lahza za’f ovora ko‘ngli.
Balo vodisig‘a solib qadamni,
Malolat avjig‘a tortib alamni
Dedi Shorurg‘a: «K-ey yori hamdam,
Sanga hamdamliq oyini musallam.
Hamul vodiyu gardunsoy xoro
Ki, ko‘rmish erdim o‘ldi oshkoro.
Yaqinroq manga hamrah bo‘lg‘il emdi,
Mening holimdin ogah bo‘lg‘il emdi».
Hamul xayleki g‘avg‘o aylamishlar,
Qozarg‘a tosh alolo aylamishlar.
Tilar ul sori yetgay joni mahjur,
Ravon mayl ayladi ul sori Shorur.