www.ziyouz.com kutubxonasi
172
Dedi: «K-ey dard ila ishq ahli shohi,
Izing xayli muhabbat qiblagohi,
Bu kelmakdin sanga ne multamasdur,
g‘araz xud kecha o‘tgan so‘z emasdurg‘»
Chu o‘tkan so‘zni Shorur ayladi yod
Ayog‘iga aning bosh qo‘ydi Farhod
Ki: «Yey jon maqsadi dilkash rayoming,
Ko‘ngul maqsudi ruhafzo kaloming.
Hamul savdo bila ko‘nglumgadur sud,
Hamul so‘zdur hazin jonimga maqsud.
Vafo va’dangg‘a fosh etmak keraksen,
Degon so‘z boshig‘a yetmak keraksen.
Eshitgach oni Shoruri yagona,
Dedi: «K-ey tal’ating sham’i zamona.
Sen ersang hamrahim jannat durur yo‘l
g‘araz bu ersa, bismillah, ravon bo‘l».
Yetib Shorur yo‘l azmig‘a ohang,
Aning hamrahlig‘in Farhodi diltang.
Qadamda ko‘rguzub ul toza damliq,
Bu aylab soya yanglig‘ hamqadamliq.
Kesarlar erdi yo‘lni gom-bargom,
Yurub manzil-bamanzil tutmay orom.
Bo‘lub Farhodg‘a Shorur munis.
Tutub oning bila sayr ichra majlis.
Gahe hamrahliq xosiyatidin,
Gahe hamreshalik jinsiyatidin.
Gahe ul safhani ilgiga olib,
Nazar boshtin-ayog‘ tarhig‘a solib.
Xayolig‘a tuman ming ofarin deb,
Raqam qilg‘onni rashki naqshi Chin deb.
Qilib daxl ishta andoq har zamoni
Ki, bu ham naqshrardoz onglab oni.