www.ziyouz.com kutubxonasi
28
beraman!” — dedi. Men undan: “Nega axir?” — deb so‘rovdim, u menga: “Negaki, men ayolman!” —
deb javob qildi. O’rgildim... ayolmish u kishim! Ishdan haydab yubordim u yaramasni.
— Haydab yubording? Nima uchun?
— Bu yerda menga hech qanaqa siyosat kerak emas! Odamlarim bugun, urush bo‘lishni
xohlamaymiz, deb bosh ko‘tarib chiqishsa, ertaga hali, ish soatimiz qisqartirilmasa ishlamaymiz, deb
to‘polon qilishlari ham turgan gap. Hozir ular tong qorong‘isida qorong‘i kechgacha ishlashadi. Bosh
tovlashsa nima qilaman? Men nufuzli otelning sohibiman, bordi-yu xodimlarim birdan eslarini yeb,
yo‘ldan ozguday bo‘lsalar — nima qilaman? Shundoq ham hozir Khandalada otellar, ayniqsa, meniki
singari otellar daromad bermay qo‘ygan. Mesopotamiya1 da urush bo‘ldi. Afg‘onistonda urush bo‘ldi,
yana boshqa yerlarda ham urush bo‘ldi. O’shanda ingliz soldatlar har doim otelimga qo‘nishardi. U
paytda otelimga bir emas, ikkita orkestr yollagandim, cho‘milish uchun suv to‘la hovuz, yana tantsa
zali, bar bor edi otelimda. Hozir hammasini yopib tashlaganman. Ilgari otelimdan yuz ming rupiyalab
daromad olardim, endi uni ta’mirlashgayam pulim yo‘q... Buni qaraki, Mardikor odamlarga qo‘l
qo‘ydirgani olib kelgan o‘sha qog‘ozni biz, otel sohiblari, arzimagan bir qog‘oz deb o‘ylabmiz. To‘g‘ri,
men qo‘l qovushtirib o‘tirmadim, politsiya inspektoriga Mardikorni hibsga olish kerakligini aytgan
bo‘lsam ham, o‘sha yaramas qog‘oz hazilakam narsa emasligini faqat bugun tushundim. Sen mening
otelimni xarob qilish uchun naq Bombaydan kelgansan. Mardikor nima ekan! Jamiki g‘ulg‘ulani
boshlayotgan faqat sensan!
— Men hech nimaga tushunmayapman, nimani gapiryapsiz o‘zi? — deb norozilik bildirdi Ishoq. —
Ishoning, menda hech qanday ayb yo‘q, zero bu gaplarni birinchi marta eshitib turibman! Men hech
qanday Mardikorni ham, hech qanday Vasantini ham bilmayman. Faqat bo‘lgan gap shuki, janob tojir
urush haqidagi gaplari bilan achchig‘imni chiqardi, shunda qonim qaynab ketib... umuman, mening
bu yerga... bu yerga kelishimga...
— Qani, xo‘sh? Nega kelganding bu yerga? Nima ish bilan? — otel xo‘jayini uning so‘zini bo‘lib
piching qildi.
— Yo‘l-yo‘lakay bir oz to‘xtab o‘tmoqchi bo‘luvdim, jahannamga ketaturib, bildingmi? — deb Ishoq
baqirib berdi. — Sening nima ishing bor?
Ho‘rmuz-jiy divandan turarkan dedi:
— Men politsiya inspektoriga qo‘ng‘iroq qilganman, hademay bu yerga polislar yetib kelishadi. Ana
ular jahannamga boradigan to‘ppa-to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘yishadi sen yaramasga! Yo‘ldan
adashmaysan!
* * *
Khandalaning politsiya uchastkasi bozor bilan temir yo‘l bekati o‘rtasidagi chorqirra tepalikka
joylashgan. Politsiya inspektori muovini Samantining og‘zi qulog‘ida: hibsxonaga mahbus kelganidan
u juda ham suyunib ketganday edi. U Ishoqni choy-non bilan siyladi; umuman, uning o‘zini tutishiga
qaraganda, Ishoq go‘yo mahbus emas, balki mehmonga taklif etilgan odamday edi. Nihoyat, barcha
rasmiyatchilik — bayonnoma tuzish, navbatchilik daftariga tegishli yozuvlarni qayd qilish va hokazolar
amalga oshirilgach, politsiya inspektori muovini xuddi boshidan tog‘ ag‘darilganday yengil tin olib,
Ishoqning yoniga kelib o‘tirdi va suhbat bilan uning ko‘nglini ovlashga tushdi.
— Turmush kechirish juda og‘irlashib ketdi, birodar, juda-juda! — deb zorlana boshladi u. — Uyga
borsang — uyingda, uchastkaga kelsang — bu yerda, xullas, hamma yerda xijolatpazlik. Mana, misol
uchun Khandalani ol — na bironta to‘polon, na bironta pichoqqa ilinadigan hodisa yuz beradi! G’aflat
uyqusida yotibdi bu qishloq — hech nima sodir bo‘lmaydi. Na o‘g‘irlik, na qotillik, na biron boshqa
falokat... agar bitta-yarimta qizning nomusiga tegishganini hisobga olmasang — u ham onda-sonda
bir bo‘ladi. Lekin ilgari, Khandalada oq tanli askarlarning gospitali bo‘lganida, bu yerda qizlarni
zo‘rlash ham, ularni obqochib ketish ham bo‘lib turardi. Endi bo‘lsa... Nima bo‘lyapti-a, o‘zi bu
dunyoda? Ishonasanmi, oshna, kameralar oylab huvillab yotadi. Axir hibsxonaga hech kim
Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar
Do'stlaringiz bilan baham: |