Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Qo‘li temir ilgak bilan tutashganida, Ishoq bir seskanib tushdi. 
— Kasbing nima? — deb gapida davom etdi Mardikor. — Aytsang, seni nega qamashganini aytib 
beraman. 
— Men yozuvchiman, — dedi Ishoq jilmayib. 
Mardikor sho‘x kulib yubordi, shunda Ishoq karaxt bo‘lib qolgan qalbiga bu mo‘‘jizavor kulgi jon 
kiritganini his qildi. 
— Bilaman nima ayb qilib qo‘yganingni! — Mardikor kulganicha gapida davom etdi. — Sen mast 
bo‘lguningcha rosa ichgansan-u, ammo spirtli ichkilik ichish uchun ruxsatnomang bo‘lmagan. Bir 
amallab mehmonxonangga yetib borganingda mirshablarga ro‘para kelgansan — ahvolingni 
ko‘rishgan-u, ilintirishgan. Topdimmi? 
— Hech unaqa bo‘lmagan, — deb xoxolab kulib yubordi Ishoq. — Meni boshqa bahona bilan 
ayblashdi: men otel xodimlariga qutqu solganmishman, ularni tinchlikni himoya qilish haqidagi 
murojaatnomaga imzo chekishga da’vat etganmishman. Ochig‘ini aytsam, men bu gaplarning 
birontasiga ham tushunmadim; bu yerda hech kim bilan hech narsa to‘g‘risida gaplashmaganman, 
qolaversa, men bu yerga boshqa ish yuzasidan kelgandim, lekin ular meni qamab qo‘yishdi. 
— Nega endi otel xo‘jayini kelib-kelib aynan seni gunohkor qildiykin? 
— Bilasanmi, men bitta ahmoq bilan o‘chakishib qoluvdim, u ham men turgan otelda yashaydi; 
men u bilan urush va tinchlik haqida bahslashib qoldim, keyin g‘azabdan qonim qaynab, stolda turgan 
likopni uning basharasiga otdim. 
— Hamonki g‘azabga mingan ekansan, urush tarafdori bo‘lsang kerak? — so‘radi Mardikor Ishoqqa 
yaqinroq surilib o‘tirarkan. 
— E, yo‘q, — dedi Ishoq jilmayib, — hamma gap shunda-da, men tinchlikni yoqlagandim. Mana 
oqibat! Juda xijolatdaman. 
— Ie, nega xijolat bo‘lasan? Sen to‘g‘ri qilgansan, — deya e’tiroz bildirdi Mardikor yana yaqinroq 
surilib o‘tirarkan. 
U gapirarkan, qo‘l vazifasini o‘tayotgan ilgagi, aytgan har bir so‘zini tasdiqlamoqchi bo‘lganday, 
havoda keskin-keskin silkinardi. 
— Khandaladagi mehmonxonalarning xodimlarini tinchlikni himoya qilish haqidagi murojaatnomaga 
qo‘l qo‘yishga da’vat etgan odam menman, — dedi Mardikor va ilgak qo‘lini astagina Ishoqning 
yelkasiga qo‘ydi. — Mehmonxona xo‘jayinlarining meni ko‘rgani ko‘zlari, otgani o‘qlari yo‘q. 
— Bundan xabarim bor. Ho‘rmuz-jiy aytgandi, — dedi Ishoq. — Meni bu yerga qamatgan ham 
o‘sha — anavi ahmoq tojirning shikoyati bilan. 
Ishoq biroz jim qoldi, so‘ng yana gapira boshladi: 
— Lekin men bir narsaga hech tushunolmayapman. Ayt-chi, nega endi sen o‘sha tinchlik, urush va 
hokazolar tufayli o‘zingni o‘tga-cho‘g‘ga urib yotibsan? Shundoq ham yarmi qolgan mayib-majruh 
odamsan! Axir turmush kechirish, non puli topish uchun mehnat qilish juda-juda og‘ir bo‘lsa kerak 
senga?.. 
— Hamonki men hozir juda qiynalib kun kechirayotgan ekanman, buning sababchisi faqat urush. 
Urush boshlanganida men armiya xizmatiga ketdim, u paytda men ham mukammal odam edim, 
xuddi sendek. Urush meni shu ahvolga soldi. Urush meni majruh qildi, qulog‘imni yalab ketgan ham, 
qo‘limni, oyog‘imni yamlamay yutgan ham — la’nati urush. Shunga qaramay, peshonam yorug‘ ekan, 
baxtiyorman — tirik qoldim! 
— Baxtiyorsan? O’zing ishonasanmi shu gapingga?.. Bunaqa ahvolda yashagandan o‘lgan 
afzalroqdir balki... 
— O’zim ham oldiniga shunday o‘ylagandim. Keyin miyamda asta-asta boshqa fikr paydo bo‘la 
boshladi. Nihoyat, mana... Ko‘rib turibsan — tirikman! Ham tirikman, ham baxtiyorman, ham 
yashashni istayman! 
— Nima ish qilasan? 
— Etikdo‘zman. Bozorda o‘tirib, odamlarning poyabzallarini yamayman, ta’mirlayman, yangilarini 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish