www.ziyouz.com kutubxonasi
42
olgan Bebi hamisha Bebi bo‘lib qolaveradi qalbimning to‘rida. Bilding?
Mo‘ltoniy divandan turdi va Ishoqqa qarab xiyolgina jilmayib qo‘ydi.
Ishoq ilgari hech tushuna olmagan ko‘p, juda ko‘p narsalarni Mo‘ltoniyning ana shu jilmayishi
yordamida birdan tushunib olganday bo‘ldi. Bu zaifgina tabassum Mo‘ltoniyning yuzini tamomila
o‘zgartirib ko‘rsatdi Ishoqqa — hozir uning yuzlari xunuk, yoqimsiz alomatlar niqobi ko‘tarilib,
xushbichim insoniy chehra namoyon bo‘lgandi. Bu chehrada Romeoning buzurgligi, Ranjhaning
vafodorligi va Mahival1 ning barnoligi mujassam bo‘lgan edi. Hozir Mo‘ltoniy samimiyat va sadoqat,
sofdillik va ezgulik, eng pokiza olijanoblik timsoli bo‘lib ko‘rindi Ishoqning ko‘ziga. Kim aytdi, bizning
zamonamizda chin muhabbat tuyg‘usi qolmagan deb? Kim?
Ishoqning yoshlangan ko‘zi achidi. U Mo‘ltoniyga bir so‘z ham ayta olmadi, hatto unga qo‘l
uzatishga ham jur’at etmadi.
Mo‘ltoniy yerda yotgan beretini olib boshiga kiydi, yana bir marta Ishoq tomonga xijolatli nigoh
tashladi-da, birdan ingliz tilida dedi:
— H HISAN investment in a dream!2
U beretini bir yoniga qiyshaytirdi, qo‘l siltab xayrlashdi va eshikdan chiqib ketdi.
Ishoq uning orqasidan ayvonga chiqdi, lekin hech nima demadi. U Mo‘ltoniyni endi hech qachon
ko‘rmasligini yaxshi bilardi. Qaysi dengizlarda suzarkin uning kemasi, qaysi sohillarga yetaklab
borarkin uning bezovta qalbi? Qaysi zaminu qaysi samo o‘z bag‘riga olarkin? Tunini qay makonda
o‘tkazarkin? Bu odam uchun endi hech qachon qo‘shiq kuylanmaydi, endi u hamma narsadan umidini
uzgan. Lekin shunga qaramay, u sevadi. Kurrai zaminda shunday odamlar borki, ular hech kimga
hech nima gapirmaydilar, hech qachon hech nimaga muyassar bo‘lolmaydilar, o‘z hayotiy yo‘llarida
hech nimani uchratmaydilar, ularning butun quvonchi faqat orzulardir.
“An investment in a dream”3. O, odamlarning bunday baxtga tashnaligini bayon etmoq uchun
qanday fusunkor so‘zlar, qanday latif til, qanday teran falsafiy tafakkur kerak bo‘ladi...
Alvido, Mo‘ltoniy!
* * *
Bugun Ishoq hayotining oxirgi kuni, vale u shuncha vaqt qanday o‘tib ketganini, nimaga
sarflanganini ham sezmabdi. Bugun u na nonushta qildi, na tushlik — hamma narsani unutgandi.
Xayolot og‘ushida bo‘lgan Ishoq kun bo‘yi faqat sigareta chekib, o‘z fikrlarini tartibga keltirishga
urindi. Kechga borib kottej orqasidagi bir parchagina hovliga soya tushganida, u shezlongni1 ochiq
havoga olib chiqib qo‘yishlarini buyurdi va unga cho‘zilib yotdi. Ko‘kda bulutlar to‘plana boshladi,
ammo Ishoq ularni ko‘rmadi. U o‘ylardi. O’tmish manzaralari uning miyasida xuddi kino ekranida
ko‘ringanday paydo bo‘la boshladilar.
Yomg‘irning birinchi tomchisi Ishoqning tizzasiga tushdi. Bitta, keyin ikkita, uchta, to‘rtta tomchi...
So‘ng birdan yomg‘ir sharros quyib yubordi, tomchilar Ishoqqa urilib parchalanarkan, uni suvga
bo‘ktirardi. Avvaliga Ishoqning tuflisi ho‘l bo‘ldi, keyin ko‘ylagi, shim va nihoyat qo‘lidagi namiqqan
sigareta vishillab o‘chdi. Ishoqning nazarida, a’zoi badanini bo‘ktirib, pildirab oqib tushayotgan ming-
ming jilg‘alar, jajji daryochalar oqimi naq yuragiga seldek bostirib kelayotganday tuyildi; mana, axiri,
uning yomg‘ir nafasidan poklangan jo‘shqin qon tomirlarida to‘lqinlanib oqa boshladi.
Jala tez to‘xtadi; Ishoq shezlongdan turarkan, yomg‘irning kumush jilg‘alari uning eski jarohatiga
malham bo‘lgandek, qalbi yomg‘ir suvidan, uning tarovati, keltirgan saodatidan limmo-lim bo‘lganini
va yana minglab yangi jarohatlar — nilufarlarni o‘stirib gullatishga tayyor ekanligini his qildi.
Shu payt Ishoq birdan bugun Trimurtida miting bo‘lishini eslab qoldi. U hatto jiqqa ho‘l ko‘ylagini
ham almashtirmasdan kottejdan otilib chiqib yugura ketdi. Daraxtlar silkinib, yomg‘irning so‘nggi
tomchilarini to‘kishar, bulutlar parcha-parcha bo‘lib osmon bag‘riga singib borardilar. Mayin esgan
shabboda Ishoqning badanini, ho‘l kiyimini quritardi.
Ishoq Trimurti yaqinidagi tepalikka yugurib chiqib pastga qaradi.
Trimurtida hali hech kim yo‘q edi. Ko‘prik ostidan anhor shovullab oqar, anhorning narigi
Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar
Do'stlaringiz bilan baham: |