Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
— O‘zi azaldan ikkita bor edi. Bittasi nikoh uzugi, yana bittasi yoqut ko‘zli tilla uzuk 
edi. Bog‘dan qaytishganda yana ikkitasi paydo bo‘ldi, deyapman-ku, tushunmadingizmi? 
Erkak zoti ham g‘irt ahmoq bo‘ladi. Nafis o‘lgur kim edi? It g‘ajib tashlagan bir suyak 
edi. Shu sarqitning barmog‘iga ikkita uzuk taqasanmi? Shunaqa sarf qilar ekansan, 
svejiylaridan topmaysanmi? 
Adolat yangi direktorni laqmalikda ayblab, yana bir-ikki gap aytdi. Omonullo esa 
yangi direktor bilan bo‘lgan uchrashuvini ko‘z oldiga keltirdi. «Nafisa Boltaevani 
ko‘rganim yo‘q», deb tonganini esladi. Sov-xozda ishni xom bajarganini anglab, yana 
borishni diliga tugdi-da: 
— Xo‘sh, endi Valijonning gapi chala qoldi-ku? — dedi. 
— Ha-ya, Valijon o‘lgur ham laqma-da, «chiq» desa chiqib ketaveribdi. 
Kundoshlarning qir-pichoq bo‘lishlarini mazza qilib ko‘rmaysanmi! Matluba 
shumshukkina bo‘lib yurgani bilan balo-da. Nafis o‘lgur-ku tog‘asiga o‘xshagan jinni. 
Yulib tashlashdan ham toymaydi. Bir marta meni yulgan u qo‘ling singur. Omma men 
ham haqqimni qo‘ymaganman. 
— Xo‘p, qoyilman, opa, Valijon nima dedi? 
— U juvonmang aytdiki, Matluba chiqqanida vajohati juda ham yomon ekan. «Shu 
jalabni o‘ldirtirib yubormasam yurgan ekanman», debdi. 
— Valijonga shunday debdimi? 
— Yo‘q, Valijonga aytarmidi shunaqa gapni. Uydan chiqib kelayotganda o‘ziga o‘zi 
gapirib kelayotgan ekan, yer yutkur sho‘pir qulog‘ini ding qilib eshitib qolibdi. Keyin 
menga aytdi, «shunaqa, shunaqa gaplar bo‘ldi, qizingizni ehtiyot qiling», deb qo‘ydi. 
Endi tushundingizmi? 
— Tushundim. Aytadigan gaplaringiz shumidi? 
— Ha, shuncha gapim kammi sizga? Bo‘pti, agar kamlik qilgan bo‘lsa, yana eshitsam 
yo eslasam kelib aytaman, — Adolat shunday deb o‘rnidan turib xayrlashdi. Lekin darrov 
chiqib ketmadi. Ostonada turganicha «er yutkur» va «o‘lgur»lar haqida yana allaqancha 
gaplarni aytib tashladi. Omonullo uni bilagidan ushlab, yo‘lga boshlamasa, kechgacha 
gapirishdan ham toymaydigan edi. 
Adolatni kuzatgach, Omonullo boshliq huzuriga kirib qotillik yuz bergan uyni nazorat 
ostiga olish masalasida kelishib oldi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish