Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
— Xo‘p, — dedi Samandar suhbatga yakun yasash uchun. Bazarov esa buni rizolik 
alomati deb tushunib, yelkasiga urib qo‘ydi: 
— Mana bu boshqa masala. Sen uyingga borib kelaver. Qolgan ishlarni menga qo‘yib 
ber. 
Bazarov shu gaplarni aytgach, xotirjam ravishda o‘rnidan turib xayrlashdi. U ketgach, 
Samandar o‘zini tamoman yo‘qotdi: xotini kasal... dushmanlari bor... Moskvaga ko‘chib 
kelish... Generalning gaplari chiroqqa urilgan parvonalar kabi xayollarini to‘zitib yubordi. 
«Nima qilardim uyga kirib, to‘g‘ri kelaversam bo‘lmasmidi?» deb o‘zini o‘zi koyidi. 
Uydagi manzara ko‘z oldida gavdalanib, haykal kabi qotdi. Kirib kelgan hamshiraga ham 
ruhsiz tarzda qarab qo‘ydi. Bilak tomiriga sanchilgan ignaga ham parvo qilmadi. O‘ylay-
o‘ylay «general balki to‘g‘ri aytayotgandir, Moskvaga ko‘chib kelganim ma’quldir», 
degan fikrda to‘xtaldi. Bu fikr bora-bora qarorga aylandi. «Oila, bola-chaqa menga nasib 
etmagan ekan, Xudo menga faqat ilm bergan ekan, oilam bo‘lmaganidan keyin shu 
yerda qolaverganim ma’qul...» Yana ikki kun shu qaror atrofida taraddudlanib, uchinchi 
kuni Bazarovga telefon qildi-da, ahdini bildirdi. Bu orada muolaja yakun topib, uni harbiy 
aerodromga kuzatib qo‘ydilar. 
Aniq bir qaror bilan qaytayotgan Samandar Omonulloning intiq kutayotganidan 
bexabar edi. 
NOMUS 
Omonullo shaharga qaytmay, avtobusga o‘tirib Toshboltaning qishlog‘iga yo‘l oldi. 
Adolatning «xotinini urib o‘ldirgan», degan gapi unga yana bir muammo eshigini ochib 
bergan edi. Depara markaziga, so‘ng ichki ishlar vakili hamrohligida qishloqqa 
borgunicha qosh qoraydi. Nafisaning fojiali o‘limi haqidagi mish-mishlar bilan 
yashayotgan qishloq militsiya xodimlarining surishtirib kelishganidan o‘sha zahotiyoq 
xabar topdi. «Ikkita milisa surishtirib kelibdi», degan xabar qishloqning narigi boshiga 
yetguncha «ikki moshin to‘la milisa bosibdi», degan vahimaga aylanib, Yigitali 
yashaydigan ko‘cha jonlanib qoldi. Hangoma-talablar hovliga kirishni istadilar-u, ammo 
darvoza ostonasida turgan yigitga yo‘liqib izlariga qaytdilar. Biroq bu xonadondan 
uzoqlashmadilar. Ularning nazarida hozir bu uyda «bir nima» sodir bo‘lishi kerak edi. 
Ular ana shu «bir nima»dan quruq qolmaslik uchun ham shikordagi ovchi misol sergak 
turdilar. Bu qiliqlari uchun ularni ayblash noo‘rindir. Qishloqda har oydami, har yildami 
bir juvon o‘ldirib ketilsa, surishtirib milisa kelib-ketib tursa, bosh-qa gap edi. 
Odamlar «bir nima sodir bo‘lishini» behuda kutdilar. Ichkarida hech qanaqa g‘alati 
voqea yuz bermadi. Balki Omonullo bilan Yigitalining oddiy savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. 
Omonullo gapni uzoqdan boshlamadi. O‘zini qiziqtirayotgan muammolarni yecha olishga 
xizmat qiluvchi savoldan boshlab qo‘ya qoldi: 
— Jiyaningiz... Boltaeva bu yerga tez-tez kelib turarmidi? 
— Yo‘q...— dedi Yigitali shop mo‘ylovini silab,— onam rahmatli hayotliklarida kelib-
ketib turguvchi edi. Keyin oyog‘ini torta qoldi. Erga tekkanidan ke-yin hecham kelmadi. 
Eri qo‘ymadi shekilli-da. 
— Erini taniysizmi, ko‘rganmisiz? 
— Yo‘q, ko‘rmaganman. To‘yidan bexabar qog‘onmiz. Toshbolta qishloqdan hech 
kimni aytmagan. Azaldan fe’li chatoqroq shu bolaning. 
— Singlingizni... — Omonullo «urib o‘ldirganmi?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu, tilini 
ehtiyot qilib boshqacha tarzda so‘radi:—... biron kasal bo‘lganmidi? 
— Singlim kasalmasidi. Shu Toshbolta xunasa bir kuni deng, kelib uribdi-da. Men 
yo‘g‘akanman. Bor bo‘g‘animda o‘zining jig‘ini ezibla qo‘yardim-a. Bu xunasa ichishni 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish