Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Marhum dafn etib kelingach, yig‘ini uyg‘otayotgan ehtiroslar ham so‘ndi. Tashqarida 
odatdagi «Bandalik ekan» — «Ollohning irodasi» — «Sabr bersin», degan ta’ziya 
bildirishlar, ichkarida esa birdan boshlanib, birdan so‘nuvchi yig‘i tovushlari eshitilib 
turdi. Matlubaning yangasi ko‘ngil aynitar gaplarini ana shundan keyin boshladi. 
Odatda qizlar ota uyida qirq kungacha o‘tirishardi. Matlubaning qirq daqiqa o‘tirishga 
ham toqati qolmadi. «Ta’ziyaga keluvchi xotinlarning keti uzilmasayu yangamning 
vaysashi uchun fursat bo‘lmasa», deb orzu qildi. 
Ertasiga yangasining navbatdagi diy-diyosi boshlanganda Sarvar ichkariga mo‘ralab, 
Matlubani imlab chaqirdi. 
— Xursanali degan yigit so‘rayapti. Sovxozingdan kelibdi. 
— Bu o‘sha, — dedi Matluba. — Endi nima qilamiz? Shunday kunda ham kelib, bez 
bo‘lib turibdimi? 
Nima qilarding, to‘laysan. Bularda to‘y-aza degan gap yo‘q.— Sarvar shunday deb 
cho‘ntagidan qog‘ozga o‘ralgan pul olib, opasiga uzatdi.— Ma, olib chiqib ber. 
— Pulmi? Tayyorlab qo‘yuvdingmi? 
— Zolotoyga aytuvdim. Yordam bera olmasligidan afsuslanib, bu yilgi soliqni 
ko‘taradigan bo‘ldi. 
— O‘zi berib qo‘ya qolmaydimi? 
— Bunaqa hotamtoyligini bilib qolishsa tinch qo‘yishmaydi. Lekin odamlari bilan 
gaplashibdi. Bolalaringga tegishmaydi. Xotirjam bo‘l. Seni ham himoya qilishadi. 
Sarvar keyingi gaplarni opasini dardini yengillatish uchun o‘zidan qo‘shdi. 
Matluba pulni olib, ko‘cha eshik tomon yurdi. Yigit uni ko‘rib, o‘zini chetga oldi. 
Birinchi soliq to‘lash marosimi gap-so‘zsiz bo‘ldi. Matluba pulni uzatdi, yigit olib 
cho‘ntagiga soldi-yu «xayr, rahmat» deganday tirjayib qo‘ygach, burilib jo‘nadi. 
Matluba iziga qaytayotganida akasi «Ha, tinchlikmi?» deb so‘radi. 
— Tinchlik, — dedi Matluba, — sovxozning kassiri. Qog‘ozlari menda edi. 
Akasi xavotirlanib emas, shunchaki so‘ragan edi, bu javob bilan qoniqdi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish