Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
odamlarmiz. Biz biron bir ishchining yoki maktab muallimining uyiga bostirib kiradigan 
ahmoq emasmiz. Xo‘p, kirdik ham deylik, nima olamiz bu uydan? Yuvilaverib yoqalari 
titilib ketgan ko‘ylaklarnimi? Men sentyabr oyida ovga chiqishni yaxshi ko‘rardim, 
Hamzat. Nimagaligini bilasan, a?— Tengiz shunday deb huzurlanib jilmaydi. — Ha, 
aytmoqchi, Hamzat, sen nima uchun institutda o‘qimading? Istamadingmi? 
Nuriddin Tengizning maqsadini tushunmadi. Shuning uchun avvaliga «Nima edi, nima 
uchun qiziqib qoldingiz?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi. «Qutulib chiqqanimdan so‘ng o‘qishga 
joylashtirmoqchimi?» deb ham o‘ylab, to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldi: 
— Sakkizinchini bitirib undan u yog‘iga o‘qiy olmaganman. 
— Nimaga o‘qimagansan Hamzat, biliming kammidi yo aqling kammidi? 
Keyingi savol Nuriddinning hamiyatiga tegib to‘nglik bilan javob berdi: 
— Pulim kam edi. 
Bu javob Tengizga ma’qul kelib, kuldi: 
— Shunaqaligini bilardim, — dedi u Nuriddinning yelkasiga yana yengilgina musht 
urib. — Sendaqalar ko‘p bu mamlakatda. O‘ninchini tugatganingda ham baribir institutga 
kirolmas eding. Yozdagi kirish imtihonlarida o‘qituvchilar dengizga to‘r tashlagan 
baliqchilarga o‘xshab nodonlarning pullarini yig‘ib oladilar. Men esam to‘rimni ularning 
ustiga tashlayman. Qani aytchi, kim ko‘proq gunohkor? Ularmi yo menmi? Biz halol 
o‘g‘rimiz, Hamzat, endi sen ham bizning oilamizga qo‘shilasan. 
— Men... 
— Jim bo‘l! Gapingni eshitishni ham istamayman. Qarorim qat’iy — shikoyatga o‘rin 
yo‘q! Sen bugundan boshlab Qo‘tosning shogirdisan. Menga qara, o‘jar, sen uning 
hunarini astoydil o‘rganaver, ozodlikka chiqqaningdan keyin nima qilishni o‘zing bilasan. 
Ha, aytmoqchi, chap qo‘lda ovqat yeyishni bilasanmi? — Tengiz shunday deb 
mug‘ambirlarcha jilmaydi-da, savoliga javob bo‘lmagach, gapini davom ettirdi: — 
Qadimda eng zo‘r o‘g‘rilar Bag‘dodda bo‘lar ekan. Senga o‘xshagan bir ahmaq o‘g‘rilikni 
o‘rganaman deb Bag‘dodga kelib, eng zo‘rini topib, arzini aytibdi. Zo‘r o‘g‘ri «bo‘pti, 
shogirdlikka oldim seni», deb uni mehmon qilibdi. Ammo «ovqatni chap qo‘lda yeysan», 
deb shart qo‘yibdi. Ahmaq shogird qancha urinmasin, ovqatni chap qo‘lida yeyolmay 
«shu shartmi?» deb norozilik bildiribdi. «Shart, — debdi ustoz, — o‘g‘rilikning eng asosiy 
sharti — chap qo‘lda ovqat yeyish. Chunki o‘g‘ri ertami-kechmi pand yeb, hibsga olinadi. 
Pand yedimi, tamom, shariat hukmiga binoan o‘ng qo‘li kesiladi. Sening qismating ham 
shunday bo‘ladi. Ovqatni chap qo‘lda yeyishni hozirdan o‘rgansang, keyin 
qiynalmaysan». Bu gapni eshitib, haligi ahmaq orqasiga qochvorgan ekan. Lekin sen 
havotir olma, bizning hukumat odil, qo‘lni kesmaydi. To‘rt yilmi, besh yilmi boqadi, dam 
beradi. Keyin qo‘yib yuboradi, — Tengiz shunday deb kuldi. 
Nuriddin uning bu kulgisi zamirida xushchaqchaqlik, quvonch nurini emas, alam va 
iztirob zahrini sezdi. 
Nuriddin o‘sha kuniyoq Qo‘tosning qo‘liga «tantanali suratda» topshirildi. Qo‘tos 
dastlabki kunlari uning «g‘oya»sini boyitish bilan shug‘ullandi. O‘g‘rilar olamiga xos 
tartib-qoidalar bilan tanishtirdi. U har bir tartib yoki qoidaning ahamiyatini erinmay 
tushuntirar, xuddi rivoyat aytuvchi roviy kabi qissadan hissa yasab, bu qoidalarni 
buzganlarning qanday jazoga yo‘liqqanlarini batafsil bayon etardi. Qo‘-tos — jar labidagi 
so‘qmoqdan, qirg‘oqlarni bog‘lovchi qil ko‘prikdan ko‘zlarini chirt yumib olib ham yugurib 
ketaveradigan odam, go‘dakni yetaklab, bu yo‘ldan adashmay yurmoqni o‘rgatardi. 
O‘rgata turib «orqaga qaytishni o‘ylama, hatto ortingga burilib qarama», deb uqtirardi. 
Tengiz «ozodlikka chiqqach, nima qilishni o‘zing bilasan», degani bilan Nuriddin to‘rga 
o‘ralib borayotganini sezib turardi. Sezardi-yu, qutulmoq chorasini topolmay garang edi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish