Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
156
— Qani aytingchi? Aytavering, siz bilan suhbatlashish menga yoqyapti. 
— Inglizlar aytisharkanki, agar itni bexos o‘ldirib qo‘ysangiz, uni quturgan, deb e’lon 
qiling, shunda unga hech kim achinmaydi. 
Yigit bu gapni eshitib astoydil kuldi. 
— Inglizlar balo xalq, — dedi u. — Ular kamdan kam hollarda adashishadi. Siz esa 
chuqurlashmang. Chuqurlashish — halokat belgisi. Taklifimga hozirning o‘zida javob 
bering, demayman. Mayli, o‘ylab ko‘ring. Xotirjam o‘ylang, deb bu yerga taklif qildim. 
Sizga maslahatim: katta o‘g‘ri bo‘lsangiz ham katta ketmang. Eshitishimga qaraganda 
bu yerda «Bifshteks», «Cho‘mich» laqabli o‘g‘rilar bo‘lgan ekan. Ularni kimdir 
o‘ldirganmish. Biz hozircha bunga ahamiyat bermayapmiz. Bitta-ikkita o‘g‘ri o‘lsa o‘libdi-
da, nima dedingiz? Ammo siz yaxshi ko‘ruvchi sharqliklarning bitta gapi bor: aytadilarki, 
hokimlarning g‘azabi olovdek bo‘lib, ozgina shamol tursa alanga olarkanu bu alangani 
minglab chelak suv bilan ham o‘chirib bo‘lmas ekan. Siz shamoldan ehtiyot bo‘ling, 
knyaz. 
— Maslahatingiz uchun tashakkur, lekin aytingchi, nima uchun bu ishga meni 
tanladingiz? Bunaqa taklifga jon-jon deb ko‘nuvchi shaltoqlar ko‘p-ku? 
— Biz, knyaz, shaltoqlar bilan hamkorlik qiluvchilardanmasmiz. Shaltoq, deb to‘g‘ri 
aytdingiz. Ish tugagandan keyin ularning shaltog‘ini kim tozalaydi? Men sizga dengizni 
ko‘rsatdim, siz esa kalla tashlab tubiga yetaman, deb ovora bo‘lmang. Bir oz suzib 
rohatlaningu sohilga chiqib, so‘ng istagan ishingizni qiling. Boshqa narsani o‘ylamang. 
Yigit shunday degach, yana lutf qilib unga sigaret tutdi. Tengiz bu karamdan 
minnatdor ekanini bildirib, kiborlarcha bosh egib qo‘ydi. 
Moskvalik yigit marhamat eshiklarini haddan ziyod katta ochdi: o‘ylab ko‘rmoq uchun 
Tengizga keragidan ham ko‘proq fursat berdi. Quyosh nuri tushmaydigan, uzunasiga 
uch, eniga ikki qadam keluvchi hibsxonada vaqt o‘lchovi yo‘q edi. O‘limtik chiroq nuri 
bunda madfun odamga lahadda emas, yorug‘ dunyoning bir katalagida jonli holda 
yotganini dalolat qilar edi. Tengiz hibsxonaga kiritilayotgan ovqatlarning soniga qarab 
oradan ikki kun o‘tyapti, deb chamaladi. Vaqt o‘tayotgani uchun ko‘p ham yuragi 
siqilmadi. Ikki-uch kun nima ekan, dastlabki qamalganida bundan torroq, zaxroq, 
sassiqroq hibsxonada o‘n bir oy yotib ham sinma- gan — sheriklarini sotmagan edi. 
Mana shu kabi saboti uchun ham boshqalarga nisbatan ertaroq toj kiyish martabasiga 
yetgan edi. Hozirgi ahvoli o‘shandagisiga taqqoslansa, rohatlanib dam olish uchun 
yaratilgan sharoit deb ham atash mumkin. Tengiz ana shu sharoitda moskvalik yigitning 
har bir so‘zini fikr chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qildi. Tog‘liklarni himoya qilish haqidagi 
gaplari uni ko‘p o‘ylashga majburlamadi. Yigitning maqsadni ishora bilan emas, balki 
yuzdan sakson foizini ochiq bayon qilishi uni sergaklantirdi. Qimorda «qartani ochib 
qo‘yib o‘ynash», degan gap bor. Zo‘r kelganda, raqibga ruhiy ta’sir ko‘rsatish uchun to‘rt 
qartaning uchtasi, yoki uchning ikkisi yoki ikkining biri ochib qo‘yiladi. Mardlar to‘qnash 
kelgudek bo‘lishsa barcha qartalarni ochib qo‘yishlari ham mumkin, kamdan kam 
hollarda sodir bo‘luvchi bu vaziyatning oqibati ham mardona tugaydi: yo mol ketadi yo 
jon. Ba’zida esa... ikkalasi ham baravariga... Moskvalik yigit shunday o‘yin qilib, javobni 
kutyapti. 
Yigit kirib qolar, deb kutib yotganida eshik ochilib, Koshakning kuydirgan kallani 
eslatuvchi tirjaygan basharasi ko‘rindi. Uning o‘ng qo‘lida bir shisha aroq bilan istakon, 
chap qo‘lida esa qog‘ozga o‘rog‘lik yeguliklar bor edi.  
— Omonmisan, Knyaz, — u shunday deb qo‘lidagilarni so‘ri ustiga qo‘ydi-da, Tengizni 
quchoqladi: — Sog‘intirib yubording-ku, a? 
— Sen sog‘ingan bo‘lsang, chakki odam emas ekanman,— dedi Tengiz uning 
ko‘zlariga sinovchan tikilib. Koshak bu nigohga dosh berolmay ko‘zlarini olib qochdi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish