Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Tursunali qamalgach, yana uchrashishdi. Bu safargi uchrashuv tasodifiy bo‘lmadi. 
Romeoning o‘zi qishloqqa qidirib bordi. Yana o‘sha gapni aytdi. «Uni o‘n besh yil 
kutmoqchimisan? Kutma», dedi. «Ahmoq ekansan,— dedi Matluba. — Boshqa kelma, 
men ersirab qolmaganman». «Boshqa kelmayman, o‘zing borasan», dedi u ishonch 
bilan. So‘ng yon daftarchasining bir varag‘iga turar joyini yozib berdi. Matluba bu 
qog‘ozni g‘ijimladi-yu, ammo tashlab yuborolmadi. 
Hozir ukasining darvozasi qarshisida shuni eslab, bir entikdi. Bu yomon xayol domiga 
tushmaslik uchun qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Eri qamalganidan beri dam yarim tunda, 
dam erta saharda kelib yurgani uchun eshikni ochgan kelini bu tashrifdan ajablanmadi. 
«Keling, opa», deb so‘rashdi. 
— Sarvar uydami? — dedi Matluba, ostona hatlab ichkari kirgach. 
— Uydalar, futbol ko‘ryaptilar. Odatlarini bilasiz-ku, futbol desa o‘zlarini tomdan 
tashlaydilar. 
Sarvar chiqib, opasi bilan salomlashdi-da, «choy-poy ichib tur, hozir tamom bo‘ladi», 
deb yana kirib ketmoqchi edi, xotini to‘xtatdi: 
— Odamni isnodlarga o‘ldirib yuborasiz-a, futbol o‘lguringizni bir marta ko‘rmasangiz 
nima qilibdi? 
Bu gaplarni eshitib, Sarvar qoshlarini chimirdi: 
— Yana bir marta «futbol o‘lgur» degsang, jiydaxaltangni qo‘ltiqlaginu onangnikiga 
jo‘nab qol. 
— Axir opam... 
— Opam bo‘lsa, o‘zimning ming yillik opam. Mensiz yarim soat chidab o‘tirishga qurbi 
yetadi. Sen kallangni ishlat: bunaqa o‘yin to‘rt yilda bir marta bo‘ladi. To‘rt yil kutaman 
men bunaqa o‘yinni. 
— Mening kelin degan nomim bor. Har qanaqasiga kim yomon — kelin yomon. 
Matluba er-xotinning «olishuvi»ni eshitib, ma’yus jilmaydi. 
— Sarvar, bor, kiraver, futbolingdan qolma. 
Shu payt ichkaridagi televizordan muxlislarning hayqirig‘i eshitildi. Nimadir demoqchi 
bo‘lgan Sarvarning gapi og‘zida qolib, sapchiganicha ichkari kirdi. 
— Nazmixon, qo‘ying, odatini bilasiz-ku. O‘zining to‘yida futboldan kechmagan odam 
shu paytda kechadimi? 
— He quribgina ketsin, shu futbollari, — Naz-mi shunday deb qayin egachisini 
mehmonxonaga boshladi. 
Bu xonadondagi er-xotin yechishi mushkul bo‘layotgan asosiy muammo futbol 
masalasi edi. Sarvar bu o‘yinning ashaddiy muxlisi bo‘lsa, Nazmi ashaddiy dushmani edi. 
«Futbol — san’at! Sochi uzun, aqli kalta odam bu o‘yinning gashtini bilmaydi». «Futbol 
— yigirma ikkita ahmoqning bitta to‘p ketidan Ali akaning itiday halloslab yugurishi». Er-
xotinning bu boradagi «falsafasi» shundan iborat. O‘n yilning nari-berisida davom 
etayotgan «ilmiy» bahsda hali tomonlarning kelishuvidan darak yo‘q. Hozirgi bu bir 
«cho‘qishib» olish ham Matluba uchun yangilik emas. Har safar «qozilik» qilishga to‘g‘ri 
kelsa, kelinga to‘ylarini eslatadi. Bu eslatuv Nazmiga yoqadi. Aslida Naz-mi bu voqeani 
sira unutmaydi. Chunki bu unutadigan voqea emas. Biron hajvchining qulog‘iga chalinsa 
yozib yuborishi turgan gap. Tasavvur qiling: nikoh bazmi avjida. Tabriklarning biri-
ikkinchisiga ulanadi. Shirakayf mehmonlar kelinning yarim soatdan beri yolg‘iz 
o‘tirganini sezishmaydi. Ammo bunaqa holat ayollarning nazaridan qochmaydi. Tabiiyki, 
eng avvalo kelin poshsha bezovtalanadilar. «Hozir kelaman», degan kuyov to‘ra 
qayoqqa g‘oyib bo‘lishlari mumkin? Yangasi biqiniga asta turtib, «Qani kuyov?» deb 
so‘raydi. Nazmi qaerdan bilsin? 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish