Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/184
Sana30.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#197533
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184
Bog'liq
murdalar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
yetgunicha, tavakkalchi to‘yiga yetibdi», deganlaridek, u biron yo‘l izlab topgunicha 
bular masalani hal qilib qo‘ya qolishlari mumkin. Bugun kechasimi yo ertasigami, har 
holda cho‘zib o‘tirishmasa kerak. 
Kechasi ziyrak holda yotgan Nuriddin yanglishmadi. Hamma shirin uyquda ekanida 
Qo‘tos kelib «Mening o‘rnimga o‘tib yot», — dedi. Oradan bir soatlar o‘tgach, barak 
eshigi ochilib, Koshak yonida to‘rt yigiti bilan kirib kelib, to‘g‘ri Nuriddin yotgan joyga 
qarab yurdi. Yigitlardan ikkitasi yotgan odamni Nuriddin deb fahmlab, imo-ishorasiz 
holda ikki oyog‘ini tappa bosgani hamon, qolgan ikkitasi qo‘ldan olishga ulgurmay, 
Qo‘tos qaddini ko‘tardi: 
— Koshak, yana xato ketding, men esam yanglishmadim,— dedi u ovozini pastlashga 
harakat ham qilmay.— Bolaga tegma, dedimmi, demak, tegmaysan. Jo‘na endi! 
Koshak so‘kinganicha chiqib ketdi. 
Qo‘tos esa o‘tirgan yerida o‘yga toldi. Knyazning hibs-ga tashlanishi bilan Koshakning 
bu qadar quturishi sabablarini izlab topmoqchi bo‘ldi. Koshakning har bir bosgan 
qadamini kuzatib yurgan maxfiylar tongda Qo‘tosga kutilgan va kutilmagan xabarni 
yetkazdilar. Qo‘tos Koshakning Tursunalini siquvga olajagini gumon qilgan, ammo 
hibsxonadagi Tengiz huzuriga kirishini o‘ylamagan edi. Qamoq lageriga Moskvadan 
odamlar kelishi, Knyazning qo‘liga kishan urilishi va Koshakning quturishi bir zanjir 
halqalari bilan bog‘langanini fahmladi. Avvaliga «politbyuro»ni shoshqich ravishda 
to‘plamoqchi bo‘ldi. Biroq, o‘g‘rilardan yana qanchasi Koshak tomonda ekanini aniq 
bilmagani uchun bir oz kutishga qaror qildi. 
O‘g‘rilar olamida tug‘ilib, voyaga yetgan, suyagi qotgan Qo‘tosning aqli bu safar ham 
o‘ziga xiyonat qilmagan, voqealarni bog‘lab turgan ko‘rinmas zanjir halqalarini aql ko‘zi 
bilan ko‘ra olgan edi. 
TALVASA 
Omonullo bir varaq qog‘ozni to‘rtga bo‘ldi-da, biriga «Samandar Ochilov», ikkinchisiga 
«Toshbolta», uchinchisiga esa «Matluba To‘xtaeva», to‘rtinchisiga esa «kooperativ», deb 
yozib, so‘roq belgisi qo‘ydi. So‘ng qarta chiylayotgandek aralashtirgach stol ustiga yoyib, 
bir narsa o‘qimoqchi bo‘layotgan folbinday tikilib o‘tirdi. Keyin Toshbolta zikr etilgan 
qog‘oz parchasini nari surdi. Dam o‘tmay Matlubaning ismi yozilgani ham chetga surildi. 
Shu o‘tirishida diqqati oshgandan oshib, to‘rtinchi qog‘oz parchasiga hisobsiz so‘roq 
belgilari chizib tashladi-da, chuqur «uf» tortdi. Ana shunday tarzda siqilib o‘tirgan 
chog‘ida telefon jiringladi. Go‘shakni istamaygina quloqqa tutdi-yu, beixtiyor sapchib 
turib ketdi. Chetdan qaragan odam u telefon go‘shagini emas, adashib, qizib turgan 
dazmolni qulog‘iga tutdi-yu, kuydi, deb o‘ylashi ham mumkin edi. Aslida esa Omonulloni 
sapchib turishga boshliqning xabari majbur etgan edi. Bir necha daqiqada suratchi, 
kriminalistlar guruhining boshqa yigitlari hovlida to‘planishdi-yu, navbatchi mashinada 
Samandar Ochilovning uyiga yo‘l olishdi. 
Uyning eshigi lang ochiq, qo‘llari kishanlangan Samandar mehmonxonadagi deraza 
yonida ko‘chaga tikilganicha tek turardi. Qadam ovozlarini eshitib burilib qaradi-yu, 
Omonulloning nigohiga ro‘para bo‘ldi. Omonullo qoshu-kipriklarigacha malla bo‘lgan bu 
odamga bir zum tikildi-da, so‘ng uyda poyloqchilik qilgan hamkasbiga qaradi. Hamkasb 
yigit bu qarash zamiridagi savolni o‘qib qisqa tarzda axborot berdi: 
— Xotirjam kelib qulfga kalit soldi. Eshikni ochib, ostonada bir pas qimirlamay turdi. 
— Hech narsaga tegmadilaringmi? — deb so‘radi Omonullo atrofga bir razm solib. 
— Yo‘q. 
— Qo‘llarini bo‘shat. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish