www.ziyouz.com
кутубхонаси
193
GRIGORIY SAVVICH SKOVORODA
(1722-1794)
G.S.Skovoroda Ukrainaning Poltava guberniyasidagi oddiy kazak oilasida dunyoga
keldi. 16 yoshida Kiev Akademiyasiga o‘qishga kirdi. U Yevropaning Vengriya,
Germaniya, Italiya kabi davlatlarida bo‘lgan. Qaysi davlatga borishidan qat’i nazar,
avvalo o‘sha yerdagi universitetlarda ma’ruza tinglashga shoshilgan. U shu tariqa uch yil
xorijda hayot kechirgan. Faylasuf lotin, yunon, nemis va yahudiy tilini bilgan.
Mustaqil fikr egasi Skovoroda jangari tabiati, keskin hamda to‘g‘ri fikr yuritishi tufayli
hamma yerda quvg‘in va tuhmatga uchragan.
Skovoroda 1759 yilda Xarkov Kollegiumiga o‘qituvchilikka taklif etiladi. 10 yil shu
dargohda dars beradi. Bu muddat ichida ikki marta ishdan chetlashtiriladi va yana joyiga
tiklanadi. Ammo uchinchi martasida olim Kollegiumni butunlay tark etadi. 1769 yildan
boshlab Skovoroda darbadarlikda hayot kechiradi. «Modomiki, sevimli Vatanimni hech
narsa bilan rozi qilolmas ekanman, loaqal hech kimsaga zararim tegmasligi uchun bor
kuchimni ishga solaman…», — deb yozgan edi faylasuf. Skovoroda 25 yillik darbadarlik
Do'stlaringiz bilan baham: |