deb atay boshlashgan.
Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og‘zaki ta’lim bergan. Shuning uchun undan bir
satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma’lum asarlarining hammasi shogirdlari
tomonidan yozilgan.
Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan.
Faylasufning 3000 nafar shogirdi bo‘lgan. Ulardan 72 nafari esa hech qachon ustozlarini
tark etishmagan. Konfutsiy 66 yoshiga qadar mamlakatni kezib, o‘z ta’limotidan caboq
bergan. U mazkur amalni 30 yoshida boshlagandi.
* * *
Yagona va eng mudhish xato avvalgi xatolarni tuzatmaslikdir.
* * *
Kunlardan bir kun xitoy donishmandi Konfutsiyning sevimli shogirdi Szi-Gunga bir tanishi: «Sen
Konfutsiydan ko‘ra bilimliroq va aqlliroqsan», — deganda Szi-Gun unga shunday javob berdi:
«Donolik misli bir devor bo‘lsa, mening devorim odam bo‘yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir
odam osongina bu devor ortiga mo‘ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir
necha sarjin (bir sarjin — 2,13 metr) balandlikdagi devordir.
Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go‘zal ehrom va muhtasham qasrlarni
hech qachon ko‘rolmaydi».
* * *
Konfutsiyning o‘zi bilan deyarli tengdosh Szi-Lu ismli barvasta, jizzaki va o‘taketgan shuhratparast
shogirdi bo‘lgan. Bu yigit Syuyfuga chekka qishloqdan omad izlab kelib, o‘zining qo‘pol qiliqlari bilan
poytaxt ahlining e’tiborini tortgan edi.
Bir kuni u odob va nazokatni unutib, Konfutsiyga luqma tashladi: «Muhtaram zot, siz shunchalar
dono ekansiz, hiyla-nayrang ishlatmay savolimga javob bersangiz: qanday qilib kishilarni qo‘rquvga
solmay bo‘ysundirish mumkin?» Konfutsiy shunday javob berdi: «Buning uchun sen mehnating bilan
ularga o‘rnak bo‘lmog‘ing lozim». Szi-Lu bu so‘zlarni eshitib, xijolat tortdi. Chunki javob aylanib kelib,
o‘ziga taqalgandi-da. Lekin bo‘sh kelmay yana savol berdi: «Deylik, men bunga erishdim. Keyin-chi?»
— «Bo‘shashmasdan, mehnat qilishda davom et», — dedi Konfutsiy. Szi-Lu javobni eshitib, parishon
holda jim qoldi. Shunda Konfutsiy yana so‘zida davom etdi:
— Endi savol berish uchun menga ijozat et. Ayt-chi, musiqani sevasanmi?
— Men uzun shamshirimni sevaman, — dag‘allik bilan javob berdi Szi-Lu.
— Men sendan boshqa narsani so‘radim. O’zingdagi iste’dodni ilm bilan boyitish payti
yetmadimikan?
— Bilim olishdan qanday foyda bor? — dedi qaysarlik bilan shogird.
— O’z fuqarolarini o‘qitmagan podshoh haqiqiy hukmdor bo‘lolmaydi. Do‘stiga nasihat qilib, to‘g‘ri
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |