Microsoft Word Moliyaviy hisob


Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

2.3. Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan so’ng xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida har bir ob’ektga 
inventar varaqasi ochiladi. 
Tegishli shartnomalar asosida xo’jalik yurituvchi sub’ekt mutaxassislari va chetdan jalb 
etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari 0810-
«Tugallanmagan qurilish»hisobvarag’ining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190-
schyotlar debeti bo’yicha haqiqiy tannarxiga qarab asosiy vositalar sifatida kirim qilinadi. 
Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi 
moslamalar» hisobvarag’ida hisobga olinmaydi, chunki u hali foydalanishga 
topshirilmagan. Qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-
schyotda jamlangan barcha xarajatlar summasi 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi 
moslamalar» hisobvarag’iga o’tkaziladi hamda keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya 
hisoblanishi lozim. 
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyati tsex binosini o’z kuchi bilan qurib, 
foydalanishga topshirdi. Qurilishga xarajatlangan jami xarajat 92179000 so’mni tashkil 
qildi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 92179000 so’m 
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 92179000 so’m. 
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt va shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarni 
0830-«Asosiy vositalarni sotib olish», 0840-«Asosiy podani shakllantirish», 0890-«Boshqa 
 
40


kapital qo’yilmalar» schyotlarining krediti bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar 
debeti bo’yicha kirim qilinadi. 
Misol. «MALIKA» hissadorlik jamiyati yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino 
sotib oldi, uning xarid qiymati - 2000000 so’m, broker xizmati uchun 20000 so’m hamda 
yurist xizmatiga 15000 so’m to’lagan, hujjatlarni rasmiylashtirishga 25000 so’m xarajat 
qilingan. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 
- bino xarid qilindi: 
D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 2060000 so’m 
K-t 5110-«Pul mablag’lari» - 2060000 so’m. 
- bino balansga qabul qilindi: 
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar» - 2060000 so’m 
K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 2060000 so’m. 
Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar bo’yicha QQS ularning dastlabki 
qiymatini ko’paytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan holda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
xarajatlariga sekin-asta o’tkaziladi. 
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek, 
hukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-«Tekinga olingan 
mol-mulk» hisobvarag’i bilan korrespondentsiyada 0110-0190-schyotlar debeti bo’yicha 
kirim qilingan sanada ekspert yo’li bilan, bozor qiymati bo’yicha belgilangan bahoda aks 
ettiriladi. 
Misol. Transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha 
provodka beriladi: 
D-t 0160-«Transport vositalari»; 
K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk». 
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq 
qiymati (idora ichida beriladiganidan tashqari) foyda (daromad) solig’ini hisoblash bazasiga 
kiritiladi va undan soliq undiriladi. 
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aktsiyalar haqini to’lash 
hisobiga bergan asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Muassislarning ustav kapitaliga 
ulushlar bo’yicha qarzlari» hisobvarag’i krediti hamda 0110-0190-schyotlar debetida aks 
ettiriladi. 
Misol. Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha 
qarzini transport vositasini qo’shish yo’li bilan uzdi. Qiymati - 2000000 so’m. Ushbu 
muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 0160-«Transport vositalari» - 2000000 so’m 
K-t 4610-«Muassislar qarzlari» - 2000000 so’m. 
 
41


Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud tashkilotni 
boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya 
balansidan hisobdan chiqarilishi kerak. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish