Microsoft Word Moliyaviy hisob


Asosiy vositalar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish tartibi



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

2.2. Asosiy vositalar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish tartibi 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi 
shakllardan foydalaniladi: 
AV-1 shakli. Asosiy vositalarni qabul-topshirish dalolatnomasi. Dalolatnoma har bir 
ob’ekt uchun yozilib, buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar 
kartochkalariga yozish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
AV-2 shakli. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi. 
AV-3 shakli. Asosiy vositalarni tugatish to’g’risida dalolatnoma. 
AV-4 shakli. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi. 
AV-6 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi. Asosiy vositalarni 
qabul-topshirish dalolatnomalari va ushbu ob’ekt texnik hujjatlari asosida har bir ob’ektga 
inventar kartochkasi ochiladi. 
AV-7 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish bo’yicha inventar kartochkalari ro’yxati. 
AV-8 shakli. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi. Turkum guruhlari 
bo’yicha asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun qo’llaniladi. Kartochka 
ma’lumotlari asosida asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot to’lg’aziladi. 
AV-9 shakli. Asosiy vositalar inventar ro’yxati. 
Asosiy vositalar xo’jalik yurituvchi sub’ektga kelib tushganda rahbar tayinlagan 
komissiya har bir ob’ekt bo’yicha alohida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yukxat)ni 
rasmiylashtirishi lozim (AV-1 shakli). 
Dalolatnomada ob’ekt tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki 
qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, ob’ektning sinov natijalari, uning texnik shartlarga 
muvofiqligi va boshqalar ko’rsatilishi lozim. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi bilan bir turdagi va 
narxi bir xil xo’jalik inventari, asboblar, stanoklar olinganligini rasmiylashtirish mumkin. 
 
37


Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ishlatish tartibi, yo’riqnomalar ilova 
qilinadi. 
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar har bir ob’ektiga inventar raqami (soni) 
beriladi, masalan 001 dan 099 gacha inventar raqamlari binolarga, 100 dan 199 gacha 
inshootlarga, 100 dan 299 ga qadar bo’lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va 
hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar ob’ektiga metall jetonni qoqib qo’yish, 
bo’yoq bilan belgi qo’yish va boshqa usullarda belgilab qo’yiladi. Bu belgi ob’ekt 
foydalanishda bo’lgan jami davr uchun saqlanadi va buxgalteriya hisobining barcha 
boshlang’ich hujjatlari hamda registrlarida ko’rsatiladi. Ob’ekt chiqim qilinganda uning 
inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. 
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ilova hujjatlar bilan birga 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriya dalolatnoma asosida 
belgilangan namunadagi inventar varaqasi ochadi (AV-6 shakli). Bu varaqada ob’ekt 
haqidagi barcha malumotlar qayd etiladi (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya 
ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi). So’ngra inventar varaqalari 
asosiy vositalarning tasnif guruhlari bo’yicha maxsus ro’yxat tuziladi (AV-7 shakli). 
Ro’yxatda qayd qilingan varaqalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnif 
guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo’yicha guruhlangan 
tartibda saqlanadi. 
Harakatsiz asosiy vositalar ob’ektlari varaqalari alohida guruhlanadi. Asosiy 
vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu haqida inventar varaqasiga 
qayd qilinadi, so’ngra varaqa kartotekadan olib qo’yiladi. 
Qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlari tiklanish qiymati bo’yicha varaqaning 
«tamirlash, modernizatsiyalash» bo’limiga yoziladi. 
Qayta baholash chog’ida belgilangan eskirish summasi varaqaning tegishli bo’limida 
ko’rsatiladi. 
Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tsexlari, 
uchastkalari, bo’limlari) hisob asosiy vositalarning inventar ro’yxati bo’yicha olib boriladi 
(AV-9 shakli). Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan namunada va ikki 
nusxada moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi har 
bir moddiy javobgar shaxsning buxgalteriya (shaxsiy) delosi (hujjatlari majmui)da, ikkinchi 
nusxasi shu xodimlarning o’zida saqlanadi. 
Hamma moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o’z javobgarligiga olganini 
inventarizatsiya ro’yxatiga imzo qo’yib tasdiqlab beradi, asosiy vositalarning keyingi 
tushumlarida esa birlamchi hujjatlarga imzo qo’yadi. Asosiy vositalarning har qanday 
ko’chishi (boshqaga berish, tugatish va boshqalar) moddiy javobgar shaxslarning ishtirokida 
rasmiylashtiriladi. 
 
38


Olingan, hisobdan chiqarilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ichida joyi o’zgartirilgan 
(ko’chirilgan) asosiy vositalarning inventar varaqalari tegishli qaydlar o’tkazilganidan keyin 
oy oxirigacha joy-joyiga qo’ymay, alohida saqlanadi. Chunki har oyda shu varaqalar 
asosida asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirish) hisob-kitoblari tuziladi, ularning har bir 
turi bo’yicha kirim, chiqim oborotlari jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish 
varaqasi to’ldiriladi. 
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqasi (AV-8 shakli) joriy yil uchun yanvar 
oyi boshida ochiladi. Varaqada dastlab asosiy vositalarning borligi, turlari bo’yicha 
ma’lumot 1 yanvar holatiga ko’rsatiladi, so’ngra har oyda oy davomidagi oborotlar 
yozuvidan keyin keyingi oyning 1 kunidagi holat bo’yicha asosiy vositalarning mavjudligi 
qayd etiladi. Shu malumotlar asosida asosiy vositalarning harakatining oborot ro’yxati 
(vedomost)tuziladi. Uning yakunlari asosiy daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi 
va shu asosda xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari mavjudligi va ularning 
harakati to’g’risida hisobot tuziladi. 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi AV-1 va AV-3 shakllaridagi dalolatnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Bu shakllarda chiqim qilinadigan ob’ektlarning dastlabki qiymati va eskirish summasi 
qayd etiladi. Inventar varaqasi kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy 
vositalarning turgan o’rni bo’yicha inventar ro’yxatida tegishli qaydlar qilinadi. 
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar 
ochilgan: 
0110 - «Er»; 
0111 - «Erni obodonlashtirish»; 
0112 - «Moliyaviy lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni 
o’zlashtirish»; 
0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar»; 
0130 - «Mashina va jihozlar»; 
0140 - «Mebel va ofis jihozlari»; 
0150 - «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»; 
0160 - «Transport vositalari»; 
0170 - «Ish hayvonlari va mahsuldor hayvonlar»; 
0180 - «Ko’p yillik ekinlar»; 
0190 - «Boshqa asosiy vositalar»; 
0199 - «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar». 
Ushbu schyotlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo xo’jalik yurituvchi 
sub’ektda mavjud asosiy vositalarning qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining 
ko’payishi schyotlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi. 
 
39


 
Asosiy vositalarni kirim qilinishi quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: 
• 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan yaratilishi;  
• 
Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan sotib olish;  
• 
Tekinga olish;  
• 
Asosiy vositalarni muassislar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitaliga 
ularning ulushi tarzida yoki aktsiyalarning haqini to’lash hisobiga kiritish. 
Asosiy vositalar xo’jalik yurituvchi sub’ektga qabul qilinayotganda maxsus tuzilgan 
komissiya tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish bilan 
rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskirish 
summasi, qabul qilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining ismi-
sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko’rsatiladi. Bunda ushbu 
dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa hujjatlar ilova qilinadi va dalolatnoma xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish