2.5. Asosiy vositalar ta’mirlanishini hisobga olish
Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan tamirlanib turiladi. Bu esa, o’z navbatida, ulardan
foydalanish muddatini uzaytiradi.
Asosiy vositalar ta’mirlanishi hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. bajarilgan tamirlash ishlarining tannarxi va hajmini to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash;
2. ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to’g’ri
o’tkazilishini ta’minlash;
3. ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag’dan to’g’ri foydalanilishi ustidan nazorat olib
borish;
4. ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida va yaxshi sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib
borish va boshqalar.
Tamirlash xarajatlari ikki xil usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin:
1. tamirlash bo’yicha hamma xarajatlarni vujudga kelish jarayonida ishlab chiqarish
xarajatlari schyotlariga yozish bilan;
2. maxsus rezerv fondi tashkil qilish yo’li bilan.
Rezerv fondining tashkil qilinishi asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini yil davomida
mahsulot va bajarilgan ish, xizmat tannarxiga bir tekis o’tkazilishini ta’minlaydi.
Tamirlash ishlarini olib borish uchun rezerv xo’jalik yurituvchi sub’ektda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bo’yicha tashkil bo’ladi. Rezerv summasi har oyda,
korxona tomonidan mustaqil belgilanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga
qo’shiladi. Normativ besh yil muddatga qat’iy belgilangan summada ishlab chiqilishi lozim
yoki asosiy vositalar dastlabki qiymatiga nisbatan foiz ko’rinishida bo’ladi. Rezerv
49
summasining to’g’ri tashkil qilinganligi va undan to’g’ri foydalanish vaqti-vaqti bilan
tekshirib turiladi.
Tekshirish smeta, hisob-kitob ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Rezerv summasi
8910- «Kelgusida qilinadigan xarajat va to’lovlar rezervi» schyotida hisob qilinadi.
Asosiy vosita ob’ekti foydalanishda bo’lgan tsex kuchi bilan bajarilgan, ta’mirlash
ishlari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining yordamchi ishlab chiqarish tsexlari tomonidan
bajariladigan tamirlash ishlari qiymatiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Tamirlash ishlari tugaganidan so’ng, xarajatlarni tegishli schyotlarga yozilishi (qaerda
foydalanishda bo’lgan ob’ekt tamirlanganiga qarab) quyidagicha provodkada aks ettiriladi:
Ta’mirlash ishlari xo’jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo’jalik usulida ta’mirlash
ishlari xo’jalik yurituvchi sub’ektning remont-mexanika tsexi yoki asosiy ishlab chiqarish
tsexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa ta’mirlash ishlari maxsus remont-
qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Tamirlash ishlari pudrat usulida bajarilsa, tugallangan ta’mirlash ishlari «qabul-
topshirish akti» hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Aktda ta’mirlash ishlarining smeta qiymati,
haqiqiy qiymati, ob’ektning nomi va boshqa ma’lumotlar ko’rsatiladi.
D-t 2310,2510 K-t
D-t 0200,1000,6710,6520 K-t
D-t 2310 K-t
D-t 1000,6710,6510 K-t
summasiga
Haqiqiy xarajat
S. S.
S.
D-t 2510 K-t
D-t 2310 K-t
schetga yozilishi
Xarajatlarni tegishli
S.
50
Akt ikki nusxada yozilib, bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga, pudratchi schyotiga asoslanib
quyidagicha buxgalteriya provodkasi to’ziladi:
Pudratchi schyoti to’langanda:
Asosiy vositalar tamirlash xarajatlarini schyotlarga yozish, 8910- «Kelgusidagi
xarajatlar rezervi va to’lovlari» schyotidan foydalanilgan holda aks ettirilishi buxgalteriya
provodkalari quyidagicha:
Rezerv fondini tashkil qilish summasiga:
Xo’jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozilishi quyidagicha
aks ettiriladi:
D-t 2310,2510 K-t
D-t 6010 K-t
bo’lgan summaga
Pudratchiga to’lanishi kerak
S.
D-t 6010 K-t
D-t 5110 K-t
S.
S.
D-t 2010,2310,2510 K-t
D-t 8910 K-t
summasiga
Rezerv fondiga ajratma
S.
D-t 8910K-t
D-t 0100,1000,6710 K-t
rezerv fondi hisobidan
qoplanishi
haqiqiy xarajatlarni
S.
S. S.
51
Xo’jalik usulida bajarilgan tugallangan ta’mirlash xarajatlarini schyotlarda aks
ettirilishi quyidagicha:
Pudrat usulida bajarilagan, asosiy vositalarni tamirlash bo’yicha haqiqiy xarajatlarni
schyotlarda aks ettirilishi quyidagicha:
Hisobot davri oxiriga qoldiq yopiladi, bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi tuziladi:
Asosiy vositalarni ta’mirlash jarayonida olingan, qaytariladigan chiqindilar, ulardan
foydalanish bahosi bo’yicha qabul qilinadi va asosiy vositalarning tamirlash bo’yicha
haqiqiy xarajatlarning kamayishiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan yoziladi:
D-t 8910 K-t
D-t 2310 K-t
rezervini
kamayishiga yozildi
Ta’mirlash xarajatlari
S.
D-t 8910 K-t
D-t 6010 K-t
rezervini
kamayishiga yozildi
haqiqiy xarajatlar
S.
S.
D-t 8910 K-t
D-t 3110 K-t
yopilishi
Rezerv schyotining
S. S.
S.
D-t 1000 – Materiallar K-t
D-t 2310,2510 K-t
xarajatlari
kamayishiga yozildi
Chiqindi qiymati ta’mirlash
52
Do'stlaringiz bilan baham: |