Microsoft Word Moliyaviy hisob



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

Rezerv kapitali hisobi 
Rezerv kapitali schyotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ta’sis hujjatlarida, odatdagidek‚ 
uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga 
muvofiq foyda hisobiga tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo’ljallangan. 
8510 – "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti qayta baholash 
natijasida aktivlar qiymatini oshishini hisobga oladi. 
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga ko’ra‚ nomoddiy aktivlar‚ 
qimmatli qog’ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatigacha qayta 
baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin bo’lgan sharoitda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda‚ qayta baholashni 
shunday amalga oshirish kerakki‚ har bir hisobot sanasidagi aktivning balans qiymatii uning 
bozor qiymatiidan keskin farqlanmasin. 
 
169


Misol. Kompaniyaning qimmatli qog’ozlari 800 ming so’mlik balans qiymatiiga ega. 
Ularning hisobot davri oxiridagi bozor qiymati 880 ming so’mga oshgan. 
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z investitsiyalarini qayta baholangan qiymati 
bo’yicha hisobga olsa‚ u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv sarmoya 
schyotlarida aks ettirilishi lozim. 
0610 – "Qimmatli qog’ozlar" hisobvarag’i debeti – 80000 so’m. 
8510 – "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" hisobvarag’i krediti 80000 
so’m. 
Agar navbatdagi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati 
kamaysa‚ unda mazkur qimmatli qog’ozlar bo’yicha avvalgi qayta baholash doirasida rezerv 
sarmoyani kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin. Bu qimmatli qog’ozlar bo’yicha 
tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi. 
Asosiy vositalarni (xukumat qaroriga binoan) qayta baholash summasi‚ shuningdek o’z 
kapitalining oshishi sifatida aks ettiriladi. 
Balans qiymatidan yuqori bahoda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustav kapitaliga 
mol-mulkni kiritish chog’ida ham "Rezerv sarmoya" schyotida qo’llaniladi. 
TMB kabi joriy aktivlarni qayta baholash buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini 
("extiyotkorlik" yoki "konservatizm" tamoyillari) zid keladi hamda "Tovar moddiy 
rezervlar" 4 – son BHMSga muvofiq TMZ tannarxi va sof foyda qiymatiidan eng kam baho 
bo’yicha baholanadi. Biroq‚ agar garchi TMZni qayta baholash amalga oshirilgan bo’lsa‚ 
qayta baholash summasi ularni sotish (yoki ishlab chiqarishga jalb etish) tadbirlari bo’yicha 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning daromadiga qo’shiladi. 
Faqatgina favqulodda holatlarda (rezervlarni bahosini pasayishida‚ rezervlarga zarar 
etishida‚ ularning eskirishida) TMB bahosi pasayadi hamda, shuningdek ,o’z kapitali 
schyotlarga ta’sir ko’rsatmaydi. 
8520 – "Rezerv kapitali" hisobvarag’ida turli rezervlar hisobga olishda foydalaniladi. 
Aktsiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorda unga kadar har 
yili sof foydadan ajratmalar yo’li bilan shakllantiriladi: 
8710 – "Hisobot davridagi taksimlanmagan foyda (koplanmagan zarar)" hisobvarag’i 
debeti. 
8510 – "Rezerv kapitali" hisobvarag’i krediti. 
Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash‚ imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividentlar 
to’lash‚ aktsiyadorlar talablariga ko’ra aktsiyalarni sotib olish‚ jamiyat obligatsiyalarini 
so’ndirish‚ qarzni hisobdan chiqarish hamda boshqa so’ndirish imkoniyatlari mavjud 
bo’lmaganda boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan. 
Masalan‚ hisobot davrida foyda majud bo’lmaganda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha 
dividendlar to’lanadi: 
 
170


8510 - "Rezerv kapitali" hisobvarag’i debeti. 
6610 – "To’lov uchun dividendlar" hisobvarag’i krediti. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganda turli debitorlarning qarzlari hisobdan 
chiqariladi. 
8510 - "Rezerv kapitali" hisobvarag’i debeti. 
4010 – "Buyurtmachi va xaridorlardan olinadigan hisobraqamlar" hisobvaraqlari 
krediti. 
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ta’sis hujjatlarida 
belgilangan miqdorlarda rezerv kapitalini tashkil etish ham qonun hujjatlarida nazarda 
to’tilgan. Adliya vazirligidan 1997 yil 29 dekabrda ro’yxatdan o’tkazilgan. "Yuridik 
shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig’ini hisoblash va to’lash tartibi 
to’g’risida"gi 382 – son yo’riqnomaga muvofiq xorijiy investitsiya ishtirokidagi xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar uchun soliqka tortiladigan daromad rezerv fondiga 20% gacha 
miqdorda ajratmalar summasiga mazkur fond ustav kapitalining 25% i miqdoriga etgunga 
qadar kamaytiriladi. 
Ta’sis hujjatlariga va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlarga uchun rezerv fondi 
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham tashkil etilishi mumkin. 
Rezervlarni tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar 2010, 2310, 2510, 9400 – 
schyotlarning debetida va 8910 – "Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi" schyotining 
kreditida aks ettiriladi. 
Tashkil etilgan rezerv hisobidan qoplangan xarajatlar summasiga 8910 – "Kelgusi davr 
xarajatlari va to’lovlar rezervi" schyoti debetlanib, 2310 –"Yordamchi ishlab chiqarish", 
6710 – "Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob – kitoblar" schyotlari kreditlanadi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish