Siderit – FeCO2 yunoncha «sideros» temir demakdir. Tarkibida FeO – 62,1 %; CO2 – 37,9 %. Trigonal singoniyali, yaxshi kristallangan, donador, ba’zan yashirin kristallangan, shu’lasimon shakllarda uchraydi. Ba’zan yirik kristallari (1,5–2 sm) andezitlarda topilgan (Mulatalavavidi, Vengriya). Sideritning rangi no‘xatdek sariq, sariqqo‘ng‘ir bo‘ladi, yaltirashi shishadek, ba’zan sadafdek, mo‘rt, qattiqligi – 4, solishtirma og‘irligi – 3,9. Siderit gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan polimetall konlarida katta uyumlarini hosil qiladi. Sideritning eng yirik uyumlari ekzogen (xemogen) jarayonlarda paydo bo‘ladi. Siderit temir olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |