Korund – Al2O3. Tarkibida Al – 52,91 % va O – 47,09 %. Korund trigonal singoniyali bo‘lib, odatda kristallari to‘g‘ri tuzilgan; ustunsimon, bochkasimon, piramidal ko‘rinishlarda uchraydi. Uning rangi ko‘kish, sarg‘ish-kul rang, ba’zan shaffof bo‘ladi. Korundning turli rangli qimmatbaho xillari ham uchraydi (ko‘k sapfir va qizil rubin). U shisha kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 9, solishtirma og‘irligi – 3,95–4,0, ulanish tekisligi yo‘q. Korund odatda glinozyomga boy, kremnezyomi kam. Intruziv jinslarda sienit, anortozitlarda uchraydi hamda kontakt metasomatik jarayonlarda ham yuzaga keladi. Ko‘proq miqdorda regional metamorfizm natijasida yuzaga kelgan jinslarda hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |