Konnelitni Markaziy Qizilqumdagi Qoqpatosh (Kokpatos)dan 1966-yili O‘zbekiston fanlar akademiyasi geologiya va geofizika instituti xodimi A.Q.Qosimov, 1968-yili D.A.Saxor Navqat (Farg‘ona vodiysi) da uzoq vaqt tadqiqot ishlari olib borishlari natijasida topishgan. Bu mineral ilgari AQSH, Angliya va Afrikada ham topilgan edi. Rangi – och lojuvard. Ko‘kimtir, oynasimon yaltiroq. Uncha qattiq emas, ba’zan shaffof kristallari ham uchraydi. Tarkibida: 54 %gacha mis, juda oz miqdorda magniy, titan, marganets, nikel, molibden, kumush, surma ham bor. Shuningdek, konnelit bilan birga malaxit va misning boshqa minerallari ham uchraydi. Bu minerallar oltinli sulfid konlarining oksidlanish zonasida hosil bo‘ladi. Uning topilishi shu atrofda mis va oltin konlari mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |