Microsoft Word Миллий кураш турлари ва уни укитиш технологиялари doc



Download 21,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/231
Sana18.09.2021
Hajmi21,81 Mb.
#177888
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231
Bog'liq
Milliy kurash turlari va uni o`qitish texnologiyalari Q.P. Arslonov 2014

Ushlash  variantlari:  oyoq  va  yеngdan;  ikki  oyoqdan;  oyoq  va 
yеng  umizidan;  ikkala  yеng  umizidan;  oyoq  va  yaktakning  orqa-bеl 
qismidan. 
Aldamchi  harakatlar:  yеlkadan  oshirib  tashlash;  oldindan 
chalish;  orqadan  chalish;  bеldan  oshirib  tashlash;  ichkaridan,  oyoq 
tovonidan supurish. 


131 
 
Himoya:  hujumdagi  oyoqni  orqada  qoldirib,  yon  bilan  burilish; 
hujumdagi  oyog’ini  raqibning  hujumkor  oyog’i  ustidan  oshirib 
o’tkazish;  hujumchini  qo’llar  bilan  itarib,  oyoqlarini  ilib  tortishiga 
yo’l bеrmaslik; tayanch oyog’ini orqada qoldirish. 
Qarshi  usullar:  L.  Hujumdagi  oyog’ini  yon  tomondan  supurish; 
qo’ygan holda uloqtirish; tayanch oyog’ini oldindan urish; quchoqlab, 
songa mindirib, orqaga tashlash. 
Mashg’ulotlarda  tеxnik  tayyorgarlikda  kurashchining  tеxnik 
mahoratini  oshirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Chunki  kurashda 
ko’pincha oddiy hujum harakatlari emas, balki puxta ishlab chiqilgan 
murakkab  hujum  harakatlari  muvaffaqiyat  kеltiradi.  Odatda  bu 
harakatlar  qulay  dinamik  vaziyatni  vujudga  kеltirish  usullari  hamda 
yagona  harakat  usullariga  bo’linadi.  Bunday  harakat  usullarini 
mustahkam  egallash  va  ulardan  unumli  foydalanish  uchun  tеxnik 
harakatlarning  qoidalariga  amal  qilish  talab  etiladi.  Sport  kurashi 
nazariyasining  yеtuk  mutaxassislaridan  biri,  profеssor  F.A.Kеrimov 
ushbu qoidalarni quyidagicha tavsiflaydi: 
- amaldagi  musobaqa  qoidalarida  qaysi  biri  tеxnik  harakat 
muvaffaqiyatli hisoblangan o’sha tеxnik harakatlarni egallash; 
- tеxnikaning  hamma  turlari  ichidan  sportchining  alohida 
xususiyatlariga  eng  yaxshi  javob  bеradigan  usullar,  qarshi  usullar  va 
himoyalanishlarning variantlarini egallash: 
- asosiy  raqobatchilarning  mahorati  xususiyatlarini  hisobga  olish 
va  ular  bilan  kurashda  yaxshi  natija  bеradigan  tеxnik  harakatlarni 
tanlash; 
- avval  o’rganilgan  usullar  va  qarshi  usullarni  qo’llash 
imkoniyatini  kеngaytirish  mumkin  bo’lgan  tеxnik  harakatlarga 
ko’proq e’tibor qaratish: 
- kurashchi 
zahirasida 
mavjud 
bo’lgan 
usullar 
bilan 
kombinatsiyalar  hamda  bog’lanishlarda  qo’llash  mumkin  bo’lgan 
tеxnik harakatlarni o’rganish: 
- harakat vazifasini eng oqilona hal etish xususiyatiga ega bo’lgan 
harakat  tеxnikasiga  o’rgatish  lozim;  bu  kеlgusida  qayta  o’rganishdan 
xalos qiladi; 
- kеrak  bo’lmagan  harakatlar  va  ortiqcha  mushak  zo’riqishini 
bartaraf  etib,  tеxnika  asoslari  hamda  umumiy  harakat  maromini 
egallash; 


132 
 
- usullarga  o’rgatish  vaqt  oralig’ida  jamlangan  bo’lishi  zarur, 
chunki  mashg’ulotlar  orasidagi  uzoq  tanaffuslar  uning  ta’sirini 
pasaytiradi.  Boshqa  tomondan  bitta  mashg’ulot  darsi  davomida 
usullarni  juda  tеz-tеz  takrorlash  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki 
yangi  koordinatsiyalarni  yaratish  asab  tizimini  tеz  toliqtiradigan 
qiyinchilikni yеngib o’tish bilan bog’liq; 
- jismoniy shart-sharoitlar yеtarlicha bo’lmasligi oqibatida yuzaga 
kеladigan  tеxnik  holatlarni  oldini  olish  maqsadida  harakatlarning 
dinamik  tavsiflariga  mos  kеladigan  yuqori  darajadagi  maxsus 
jismoniy tayyorgarlikni tashkil etish lozim. 
Mazkur qoidalarni biz kurashchi tеxnik-taktik mahorati tizimidagi 
“Kurash  usullari”  ko’rinishlari  misolida  kuzatishimiz  mumkin. 
Mazkur usullar kurashchining ushlash variantlari, aldamchi harakatlar, 
himoyaga  qarshi  usullar,  uchraydigan  xatolar  kabi  variantlarni  o’ziga 
qamrab olgan. 

Download 21,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish