Gorizontal marketing tizimi - kanalning bir pog’onasida (bo’g’inda) faoliyat
ko’rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil bo’lgan tovar tarqatish
tizimi.
Davriy talab - har zamonhar zamonda paydo bo’lib, qondiriladigan va
takrorlanib turadigan talab.
"Dala" tadqiqotlari - bozorni o’z joyida o’rganish va bevosita yaqinlikda
bozorning talablari, savdo jarayonlari qoidalari, mahsulot, narx va boshqa shartlari
bilan har tomonlama tanishish.
Daromadlarni indeksatsiyalash - baholarning oshishi bilan bog’liq aholining
qo’shimcha xarajatlarini vaqtivaqti bilan ish haqi, pensiya, stipendiya va hokazolarni
oshirish orqali qoplash.
Dastlabki (birlamchi) axborotlar - muayyan marketing tadqiqoti o’tkazilishi
uchun mo’ljallangan yangitdan yig’ib olingan ma'lumotlar.
Demarketing - xizmat va tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlari yoki tovar
resurslariga nisbatan talab darajasining keskin oshib ketishi oldini oluvchi tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |