Bozor muvozanati - bozorda talab bilan taklifning o’zaro to’la mutanosib
bo’lgan vaziyat.
Bozor munosabatlari - tovar ayirboshlash bo’yicha ishlab chiqaruvchilar va
iste'molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida sodir bo’ladigan muloqotlar,
muzokaralar, kelishuvlar majmui.
Bozor narxi - bozorda aniq tovarlar bo’yicha talab va taklifning to’la
mutanosib bo’lishi hamda raqobat ta'siri natijasida shakllanadigan narx.
Bozor potentsiali - iste'molchilar xarid qobiliyati bilan belgilaydigan tovar
sotish imkoniyatlari.
Bozor sig’imi - ma'lum bozorda va paytda aniq tovarni sotish mumkin bo’lgan
eng katta miqdori; u shu tovarga bo’lgan talab bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |