"Batamom foydalanish" strategiyasi. Bu strategiyaning asl mohiyati, yangi
tovarlarni bozorga kiritish bosqichida, sotiladigan tovarlarning hajmi kam bo’lganda
ularga juda yuqori narx belgilashdan iboratdir. So’ngra bu narx bozorning va
raqobatchilarning o’sishi bilan kamayib boradi.
"Korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga yo’naltirilgan narx" strategiyasi. Korxona narxlashtirishda bu strategiyani qo’llash uchun
mamlakatning ichki va tashqi bozorida narxlashtirishning xususiyatlarini hisobga
olishi kerak. Shularni o’rganib aniq bozor sharoitlariga bog’liq holda o’ziga xos narx
siyosatini tanlashi mumkin bo’ladi.
170
Umuman olganda, korxona o’z imkoniyatlaridan va maqsadlaridan kelib chiqib
yuqorida keltirilgan narx strategiyalaridan foydalanadi.