169
dastavval, narxlarni aniqlashning strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish talab
etiladi. Ana shularga amal qilsagina korxona o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishi mumkin bo’ladi. quyidagi narx belgilash sohasida
qo’llanilishi mumkin bo’lgan strategiyalarning ba'zi birlari bilan tanishamiz.
Bozorda barqaror vaziyatni saqlash strategiyasi. Bu strategiyani korxona
faoliyatining rentabelligi va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlari barqaror bo’lgan
hollardagina qo’llash mumkin bo’ladi. Ko’pchilik hollarda rentabellik (fondlarga
nisbatan) 10-15 foizni tashkil etsa, bu korxona qoniqarli faoliyat ko’rsatayotgan
korxona deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: