Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud
mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan
paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga
talab). Mazkur holda aniq tovar yoki xizmat shaklida mavjud bo’lmagan tovarga
potentsial talab mavjud bo’ladi. Shuning uchun marketing vazifasi bo’lib potentsial
bozorning o’lchamlarini baholash va potentsial talabni haqiqiy talabga aylantira
oladigan samarali mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Marketolog potentsial
talabni aniqlashni va bozorni rivojlantirish uchun kerakli yo’nalishda hamma
marketing vositalarini muvofiqlashtirishni bilishi kerak. Marketingning ta'sirchan
qurollari sifatida yuzaga keladigan yangi extiyojlarga javob beradigan mahsulotlarni
ishlab chiqarish, ularni qondirishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tish,
reklamadan foydalanish va aniq iste'molchilar guruhlariga mo’ljallangan, o’ziga xos
mahsulot imijini yaratish.
Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing
kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing
turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini
axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy
davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman olganda,
talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har qanday davrlar
uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari kerakki, talab
pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga
yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va
shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin.
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan
tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa
tebranishlar bilan harakterlanadi. Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan ancha ortiq bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab
chiqarish hajmi bozor segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan,
muzeylarning ish kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti
xizmatlariga talab hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari
aniq ifodalangan mavsumiy tebranishlarga ega. Sinxromarketingda talab
tebranishlarini silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari
va marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |