Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan
yoki jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar
(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab
mavjud bo’lganda amal qiladi. Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni
qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa, qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni
zararli, yomon qilib ko’rsatadi. Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol
qilishdan voz kechishlariga undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda
marketingning narx qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga
hammaga yo’l ochiqligini cheklash bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |