20-chizma. Talabning har xil holatlarida qo’llanadigan marketing tiplari
O’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq, bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi. Shuning uchun mazkur holda o’zgartiruvchi marketingning vazifasi bo’lib qandaydir mahsulotga nisbatan iste'molchilarning salbiy munosabatini ijobiy munosabatga yo’naltirish, narxni pasaytirish va uni samaraliroq siljitish yo’li bilan o’zgartirish hisoblanadi. Xorijiy amaliyotda o’zgartiruvchi marketingni tamaki firmalari qo’llaydilar, bunda davlatning sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta idoralari va jamoatchilikning faol xatti-harakatlari natijasida chekuvchilarning soni keskin kamaymoqda. Mazkur holda marketingning vazifasi bo’lib talabning paydo bo’lishi va uni mahsulot taklifi darajasigacha ko’tarishga yordam beradigan rejani ishlab chiqish hisoblanadi. Tamaki firmalariga kelganda esa, ular yo’qotgan vaziyatlarini tiklash maqsadida tarkibida kantserogen moddalar kam bo’lgan sigaretalarning maxsus markalarini ishlab chiqish va chiqarish, bir vaqtning o’zida siljitish tizimini kuchaytirish bo’yicha ishlarni olib boradilar.
Rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bu erda iste'molchilarning ushbu tovarga nisbatan befarqligi yoki qiziqishi yo’qligi haqida gap boradi. Marketing vazifasi bo’lib iste'molchilarning mahsulotga nisbatan befarqligini o’zgartirish uchun mahsulotga xos bo’lgan foydali tomonlarini iste'molchilarning ehtiyojlari va manfaatlari bilan bog’lash usullarini axtarib topish hisoblanadi. Rag’batlantiruvchi marketing quyidagi vaziyatlar sabablarining oldini olishga mo’ljallangan: iste'molchilar mahsulotning imkoniyatlarini umuman bilmasligi, to’siqlarni yo’qotish
va hokazo. Rag’batlantiruvchi marketingning asosiy qurollari: reklamani kuchaytirish, narxlarni keskin pasaytirish, siljitishning boshqa usullarini qo’llash.
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab). Mazkur holda aniq tovar yoki xizmat shaklida mavjud bo’lmagan tovarga potentsial talab mavjud bo’ladi. Shuning uchun marketing vazifasi bo’lib potentsial bozorning o’lchamlarini baholash va potentsial talabni haqiqiy talabga aylantira oladigan samarali mahsulotlarni ishlab chiqarish hisoblanadi. Marketolog potentsial talabni aniqlashni va bozorni rivojlantirish uchun kerakli yo’nalishda hamma marketing vositalarini muvofiqlashtirishni bilishi kerak. Marketingning ta'sirchan qurollari sifatida yuzaga keladigan yangi extiyojlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qondirishning sifat jihatdan yangi bosqichiga o’tish, reklamadan foydalanish va aniq iste'molchilar guruhlariga mo’ljallangan, o’ziga xos mahsulot imijini yaratish.
Remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi. Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |