Laylini ranjitasan
Bir kuni Majnun kasal bo‘lib yotib qoldi. Davolash uchun tabib chaqirildi.
Tabib:
"Tomirdan qon olish kerak" deb Majnunning qo‘lini bog‘latdi. Qon olish payti Majnun:
"Ey tabib, qo‘y, xizmat haqqini ol va qo‘limni yech, shu kasallikdan mayli o‘lay, qon
olishdan voz kech," deb dodladi.
Tabib Majnundan:
— Sen cho‘llarda na’ra tortgan arslondan qo‘rqmaysanu qo‘lingdan qon oldirishdan
qo‘rqasanmi? deya so‘radi.
Majnun shunday javob berdi:
— Men ninadan qo‘rqmayman. Mening vujudim, borlig‘im Layli bilan to‘ladir, qon
olish payti Laylini ranjitasan, men shundan qo‘rqaman.
Yana bir kun Majnunga yaqinlar Layli deb sen yonib kuyasan. U qiz aslo sen
aytgandek go‘zal emasku, dedilar.
Majnun javob berdi:
— Siz Laylini mening ko‘zim bilan ko‘ring, mening йalbim bilan seving! Men uning
surat jomidan abadiy ishqning sharobini ichdim, u sharob sizga sirkadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |