“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com кутубхонаси
1
Jaloliddin RUMIY
“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALAR
Masul muxarrir:
Abdumurod TILAVOV
filologiya fanlari nomzodi
Teri qo‘ldan ketar
Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi:
— Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi.
Odam aytdi:
— Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib,
terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar.
— Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku?
— To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga
kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin.