Tovusning go‘zalligi o‘ziga dushman
Bir odam tovusning tumshug‘i bilan qanotlaridagi go‘zal, yaltiroq patlarni
yulayotganini ko‘rib qoldi. Chidolmay so‘radi:
— Ey go‘zal qush... Gunoh emasmi, shunday chiroyli, rang-barang patlaringni yulib
tashlayapsan. Holbuki, sening go‘zalliging shu patlaringdir. Hamma shu patlaringdan
yelpig‘ich qilish, ularni kitob sahifalari orasiga qo‘yishni o‘ylaydi, sen esa nima
qilyapsan?
Tovus javob berdi:
— To‘g‘ri, lekin bu patlar mening jonimdan aziz emas. Chunki bu patlar tufayli meni
ovlashadi, jonimga qasd qilishadi. jon omon qolishi uchun xunuk bo‘lishim kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |