“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar.
Jaloliddin Rumiy
www.ziyouz.com кутубхонаси
13
savdosiga tushdi. Oyna oldiga o‘tirib, yuzini bo‘yadi, ammo burushgan yuz bo‘yoq
ushlamasdi. Ajinlarni yopish uchun Qur’oni karim sarlavhalaridagi zarhallarni olib yuziga
yopishtirdi. Ammo zarhallar ham to‘kilaverdi. Ularni tupigi bilan yonoqlariga qayta
yopishtirdi. Yana to‘kildi. Shunda u: hop seni ko‘r shayton, la’nat bo‘lsin deya
ming‘irladi. Buni eshitgan shayton tezda kamggarga ko‘rinib, shunday dedi:
— Ey shum kampir... Sening bu qilig'ing umrim bo‘yi xayolimga ham kelgan emas.
Qur’ondagi zarhallarni olib, yuziga yopishtirish kimning ham aqliga keldi? Nega meni
ayblaysan? Sen hiyla va yovuzlikda yuz shaytonga dars berasan. Menga tuhmat qilma...
Adolat mushti
Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
—
Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi..
Hech umid yo‘q. O’limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz
qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham:
"Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil", degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi.
Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan saqrab
turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa,
eti suyagiga yopishgan bir jasad... Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining
huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir
darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q... Ichi achidi.
shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik
hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan, dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men
adolat istayman, dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham
yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht
tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan,
qolgan uch dirhamni ham qrziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining
tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qrzi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblary, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O’zingiz
uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling,
ikkingiz bo‘lishing, deya mahkamadan chiqib ketdi.