www.ziyouz.com кутубхонаси
23
— U holda senga bir tilagim bor. Bag‘dod shahrida xalifa yashaydi. Undan yordam
so‘rashing mumkin. Iqbol soxiblarining do‘stligini qozonganlar iqbolga erishadilar.
Shuning uchun sen ham Bag‘dodga bor, u podshohni top Yaxshi, lekin men bechora,
faqir bir sahroyiman. U buyuk sulton huzuriga qanday boraman. Buning uchun biror
sabab kerak, sababsiz ziyorat bo‘lmaydi.
Xotin eriga shunday nasihat berdi:
— Ko‘zamizda tiniq yomg‘ir suvi bor. Bor molu mulkimiz ham shu. Shu ko‘zani ol,
borib podshohlar sardorining huzuriga kir, sovg‘ani taqdim et. Aytginki: "Bizning bundan
boshqa molu mulkimiz yo‘q, cho‘lda bundan ham yaxshisi topilmas... Podshohimizning
xazinalari
bo‘lsa ham, bunday suvi yo‘q. Bunday suv kam topiladi.
Bechora xotin Bag‘dodning o‘rtasidan suvi shirin Dajlaning oqib o‘tishini qaerdan
bilsin, bundan bexabar o‘z ko‘zasidagi suvni maqtardi.
Eriga ham bu gap ma’qul keldi:
— Kimning bundanda ortiq sovg‘asi bo‘lishi mumkin . Chindan ham bizning
ko‘zamizdagi tiniq yomg‘ir suvi faqat podshohlarga loyiq..., dedi.
Sahroyi ko‘zasining og‘zini mahkam bog‘ladi. Saharlab Bag'dodga yo‘lga
tushdi..Ko‘zani sinmasin,o‘g‘rilar o‘g‘irlamasin deb kecha kunduz ko‘z qorachig‘iday
asradi. Kunlar, haftalar o‘tib, Bag‘dodga yetib keldi. So‘ray so‘ray xalifaning saroyini
topdi. Eshikka suyandi. Soqchilar undan maqsadini so‘rashdi. Sahroyi:
— Ey yuzlaridan ulug‘lik nishonasi porlagan. Ey podshohlar sardorining axloqi bilan
bezangan kishilar. Men g‘arib bir sahroyiman. Poddyuhdan lutf ilinjida sahrodan kedim.
Bu sovg‘ani sultonga olib boring, podshohtan lutf tilaganning ehtiyojin qondiring. Bu
totli va lazzatli suv... Ko‘zam ham chiroyli va yap-yangi...
Xalifani odamlari bu sof ,toza yurakli sahroyini sovgasini jon deb qabul qilishdi.
Sahroyi saroyning ortida shildirab oqqan Dajladan hamon bexabar edi.
Sahroyining bir ko‘za suvi xalifaga olib borilgandan so‘ng xalifa bundan juda mamnun
bo‘ldi, sahroyini huzuriga chorladi. Ko‘nglini oldi, yangi kiyimlar kiydirdi. so'‘ng
odamlariga:
— Ko‘zani oltin bilan to‘ldirib bering. Qaytayotganida uni kema bilan Dajladan olib
o‘ting. U cho‘l yo‘lidan kelibdi. Dajla yo‘li yurtiga ancha yaqin, bu yerdan mamlakatiga
qaytsin..., deya amr berdi.
Sahroyi kemaga chiqqach, Dajlani ko‘rib lol qoldi.
Asl hayrati esa suvi mo‘l ko‘l Dajla daryosi bo‘la turib, xalifaning cho‘l suvidan
yig‘ilgan bir ko‘za suvni qabul qilgani bo‘ldi.
Va Allohga shukrlar qildi...
Do'stlaringiz bilan baham: |