Bir ko‘za suv
Cho‘lda faqir bir sahroyi xotini bilan birga yashar ekan. Bir kuni kechasi xotini:
— Barcha kambag‘allik va jafoni biz cheknpmiz, boshqalar umrini rohatda
o‘tkazmoqda. Faqat biz faqirmiz.
— Nonimiz yo‘q, boshqa ozuqalarimiz ham kam. Ko‘zamiz yo‘q, suvimiz esa ko‘z
yosh. Kunduzi kiyimimiz quyosh, kechasi ko‘rpa to‘shagimiz oy nuri. Oyni non deb o‘ylab
osmonga intilamiz. Bizning holimiz bundan buyon qanday kechadi? deb dardini
so‘zlabdi.
Sahroyi:
— Ey xotin, qachongacha dunyo molini istab yurasan? O’zi qancha umrimiz bor. Aqlli
inson boylikka ruju qo‘ymaydi. Yoshligingda anchayin qanoatli eding, endi esa boylikka
hirs qo‘yding, oltin istaysan, holbuki, o‘zing oltin kabi eding. Senga nima bo‘ldi? debdi.
Xotini bu gaplarga quloq osmas, iddaosi kuchayib borardi.
— Ey nomusdan boshqani bilmagan! Sening na’sihatomuz so‘zlaringdan to‘ydim.
Undan ko‘ra ahvolimizdan uyalgin. Menga qanoatni o‘rgatyapsan. Qancha paytdan beri
shu hol, yana qanchagacha davom etadi, axir?! Sen qachongacha qanoat ila jon
saqlamoqchisan? O’zingga kel va bu holdan voz kech
— Sen xotinmisan yoki balomisan? Kambag‘alligim bilan men faxrlanaman. Boshimni
ko‘p qotirma. Mol mulk boshdagi kuloh singaridir. Kulohga yukingan kaldir... Boyning
barcha ayblari moli bilan yopiladi. Kambag‘allik sen aytayotgan narsa emas, unga past
nazar bilan qaramagin. Mening birovga hasadim yo‘q. Qalbimda qanoat deb atalguvchi
bir bebaho olam bor. Ey xotin noshukrlikni, shikoyat va janjalni bas qil, hech bo‘lmasa,
meni o‘yla. Men yaxshi bilan ham, yomon bilan ham janjal qilmayman, janjal bilan
ishim io‘q. Urush u yoqta tursin, yuragim tinchlikdan ham qo‘rqyapti. Jim bo‘lsang, jim
bo‘lding, bo‘lmasa hozir uyni tashlab, bu erdan bosh olib ketaman.
Xotin erining g‘azabini ko‘rgach, yig‘lay boshlabdi. O’zini go‘yo pushaymondek
ko‘rsatibdi va shunday debdi:
— Men sening oyog‘ing tuprog‘iman. Jismim, jonim senikidir, hukm ham senda,
farmon ham... Kambag‘allik sabab sabrim tugab nolisam ham, o‘zim uchun emas, sen
uchun noliyman. Sen yomon kunlarimda dardimga davo bo‘lding; muhtoj bo‘lishingni
xoxlamayman. Faqat sen men haqimda yomon fikrga borma. Mana, insofga keldim. Qalb
va ko‘ngil hukmiga bo‘yin egaman...
Sahroyi xotinining ko‘zyoshlariga chiday olmadi va aytganlaridan pushaymon bo‘ldi.
— Ne qilayin, senga tanbeh berdim xotin, chunki seni sevaman va sendan ajrashni
istamayman, dedi.
Xotin fursatni boy bermay:
— Rostdan meni sevasanmi? Yoki...
— Xudo haqqi, seni sevaman.
“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |