www.ziyouz.com кутубхонаси
40
O’N BIRINCHI MAQOLA
BOYQUSHNING UZRI
Boyqush devonalarga o‘xshab o‘rtaga chiqib dedi:
- Men vayronalarni tanlagan kishiman. Xarobazorda tug‘ilgan ojizu nochorman, oxiri
xarob bo‘lib nom-nishonsiz ketaman. Garchi yuzlab obod joylar toptim, ammo ularni
tashvishli va o‘zimga muxoliflikda ko‘rdim. Kimki biror jam’iyatda o‘tiradigan bo‘lsa,
oxirida mastlar kabi xarobotga (so‘fiylar yig‘iniga) borishi aniq. Vayronalarda ranju
mehnat bilan yashayman, chunki vayronalarda xazina yashiringan bo‘ladi. Xazina ishqi
vayronaga yo‘lladi meni, zotan xazinaga faqat xaroblik orqali yo‘l bordir. Hamma
odamlardan dardimni uzoqqa olib ketdim, shoyadki o‘z xazinam — ganjimni tilsimsiz
toparman deb o‘yladim. Agar oyoqlarim xazinaga botsa, bu sarkash ko‘ng-lim yana
undan qutulardi.
Simurg‘ga bo‘lgan ishq afsonadan boshqa narsa emas, chunki bu ishqqa giriftorlik har
qanday devonaning qo‘lidan kelmaydi. Men Uning ishqiga chidaydigan mardlardan
emasman, shu vayronam va undagi xazina ishqi menga kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |