www.ziyouz.com кутубхонаси
32
BESHINCHI MAQOLA
TOVUSNING UZRI
Keyin oltin rang bilan tovlanib, Tovus o‘rtaga chiqdi, parlaridagi naqshlar yuz ming
xilda jilvalanardi. U, kelinlarday jilva qila boshladi, qanotlaridagi har bir par alohida
jilolanardi. Dedi:
- G’ayb naqqoshi mening naqshimni chiza boshlaganda, xitoyliklarning qo‘l panjalari
qalam bo‘ldi, (ya’ni xitoyliklar rasm-naqsh chizishni mendan o‘rgandilar). Garchi men
qushlarning Jabrailiman, ammo taqdir shuki, mendan yomon ishlar ham sodir bo‘lgan.
Men bilan bir joyda yovuz ilon do‘st bo‘ldi. Shuning oqibatida xor bo‘lib jannatdan
quvildim. Mening joyimni ko‘ngil xilvati, deb tayin qildilar, oyoqlarimning kishani o‘z
oyoqlarim bo‘ldi. Mana shu qorong‘u joydan jannatga eltuvchi bir rahbar topishni
istayman. Men Sultonga yetishadigan qushlardan emasman, eshik qo‘riqlovchisi
bo‘lolsam — shunga roziman. Simurg‘ning men bilan qanchalik ishi bor. Menga firdavsi
a’lo bo‘lsa bas. Jannatga yana bir marta yo‘l bersaydi, murodimga yetardim, dunyoda
boshqa umidim yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |