HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Ey, zaifu notavon odam, qo‘rquvdan bir hovuch bo‘lib qolibsan, qachongacha
o‘limdan qo‘rqasan? Shuni bilasanki, umring kuni sanoqli, abadiy emassan. Bilmaysanki,
odam tug‘ilgandan takdiri belgilidir, u oxir-oqibat tuproqqa ketadi va uning vujudi
barbod bo‘ladi. Seni o‘liming uchun parvarish qilganlar, ya’ni bu dunyodan ketish uchun
budunyoga kelgansan. Osmon bamisoli to‘ntarilgan togora, bu tasht-tog‘ora shafaqdan
har kecha qon rangini oladi. Bu Tig‘ ko‘targan quyosh aylanishida hamma kesilgan
boshlar uning tog‘orasidadir. Sen xoh pok, xoh bulg‘angan bo‘lgin, tuproqqa qorilgan bir
qatra suvsan. Bu qatra suv - oyokdan boshgacha darddir, bu dard bilan daryoga qarshi
kurasha olasanmi? Agar sen bir umr jahonda yayrab-yashnab farmon beruvchi
shahanshoh bo‘lsang ham, oxir-oqibat o‘rtanib yonib, ham yayrab-yashnab jon berasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |