www.ziyouz.com кутубхонаси
9
va imon ato etgan ham Uldir. U tuproqni suv uzra tikladi, tuproqdan bo‘lganlar umrini u
yelga berdi. Osmonni zabardastlik — g‘oliblikda (tepada) sakradi. Tuproq — yerni pastlik
darajasida tutdi. Ul biriga — osmonga doimiy harakat ato etdi, bul biriga - Yerga doim
sokin, tinch turishni buyurdi. Olti kunda yetti yulduz -sayyorani vujudga keltirdi, ikki harf
orqali amr etib, osmonni yaratdi. Falak har kecha u yerda nard o‘ynasin deb yulduzlar
soqqasi — muhrasini oltin sandiqchalar shaklida yasadi.
Tana tuzog‘ini xilma-xil holatlarda qo‘ydi. Jon qushining domini tuproqqa qo‘ydi.
Dengizni eritib o‘ziga taslim qildi, tog‘ni qo‘rquvdan qotirib (hayron qilib) qo‘ydi.
Chanqoqlikdan dengizning labini quritdi (sohil quruq), toshni yoqutga va qonni mushkka
aylantirdi. Yerning posboni bo‘lsin deb toqqa ham cho‘qqi berdi, ham bel berdi. Gohida
olov ustida gul dastaladi*, gohida daryo ostida ko‘prik yasadi*. Dushman boshida yarim
pashshani to‘rt yuz yil tutib turdi*. O’rgimchakka hikmat bilan to‘r to‘qishni o‘rgatdi va
sadri olam — Muhammad Mustafoni unda yashirib osoyishta saqpadi*.
Chumolining belini qilday ingichka qildi, ammo unga Sulaymon qo‘lida joy berdi*.
Abbos avlodiga xil’at - to‘n berdi.* Osmonga tos (to va sin) berdi. Iso bilan birga ignani
ko‘rgach, noiloj sir fosh bo‘ldi*. Loladan qonli qilgan tig‘ni (tog‘ cho‘qqisini), tutundan
niliy gulshan qildi. Tuproqni pora-pora qilib, qon bilan yo‘g‘irdi, toki qip-qizil la’lni undan
chiqardi. Quyosh va oy kecha-kunduz unga sajdadadir, bular o‘z manglaylarini yo‘lining
tuprog‘iga surtadilar. Bu ularning sajdadagi siymolaridir - sajdasiz siymo mavjud
bo‘ladimi axir!
Kunduz uning bastidan (ochiq-ravshanligidan) oqarib ko‘rinsa, kecha Uning qabza
(siquvi)dan qorong‘ilikda kuyadi. To‘qalga oltin bo‘yinbog‘ bog‘ladi, Hudhudga rahbarlik
xabarini berdi. Osmon qushi yo‘lida qanot qoqadi, eshigida eshik halqasiday bosh uradi.
U falakka kecha-kunduzda aylanib turishni o‘rgatdi, kechani ketkazib, kunduzni keltirib,
rizq-ro‘zi berdi (kunduzlik - yorug‘lik keltiradi).
Loyga nafas tegizsa, loyni odam qiladi va ko‘pik bilan tutundan butun olamni yarata
oladi. Gohi itga to‘rgacha yo‘l beradi, gohbir mushuk orqali yo‘lni ochadi. Gohi Ul,
yakinlik, shermardlikni shu itga nisbat beradi*. Gohi bir aso - tayoqqa Sulaymonlik
qudratini beradi, gohida bir chumoliga so‘zlash iste’dodini ato etadi*. Gohida asoni
ajdarhoga aylantiradi* va tandirdan to‘fon chiqaradi*. Qishda kumushday qorlarni
yog‘diradi, kuzda daraxt shoxlaridan oltin to‘kdiradi. Falakni sarkash ot sag‘risiga
aylantiradi, uning hilolidan o‘t sachrovchi taqalar yaratadi. Toshdan o‘rkachli tuyalar
chiqaradi, oltin sigirni zorlanib nola qilishga majbur etadi*. Agar kishi o‘qini qon ichiga
yashirsa, u g‘unchada qonni o‘q ichiga joylaydi (hali ochilmagan qizil gul g‘unchasi
uchida qon to‘ldirilgan kamon o‘qiga o‘xshab ketadi). Yosumanga to‘rt toj yasadi,
lolaning boshiga qonli quloh kiydiradi, gohi nargis guli boshiga oltin toj kiygizadi, gohida
uningtojiga shabnamdan gavhar qadaydi.
Aqlning faoliyati (ishlashi), jonningdilbarga oshig‘lig‘i Undan, osmonning aylanishi,
Yerningxoru ojizligi Undan, Baliq orqasidan Oygacha nimaiki bor — barcha zarralar
Uning zotiga guvohlik beradi. Tuproq — yerning pastligi va falak-ning balandligi — har
ikkalasi (Uning qudratiga) alohida-alohida yetarli guvohdir. U shamol (el), tuproq, olov,
qonni (tiriklikni) yaratdi va (shu orqali) o‘z sirrini bir-bir oshkor eta boshladi. Odam
tuprog‘ini loy qilib, qirq kun saqladi, keyin jonni unga joylab, orom berdi. Jon tanaga
kirgandan keyin, ko‘ngil undan tirildi, (so‘nfa) unga akd ato etdi, toki olamni biladigan
bo‘ldi. Keyin ilm berdiki, Allohni tanimoqni o‘rgandi. Taniydigan bo‘lgach, (odam o‘z)
ojizligiga iqror bo‘ldi, shundan keyin hayratga g‘arq bo‘lib, tanni ishga soldi. Bu olamni
xoh dushman, xoh do‘st hisobla, uning hammasi Uning yuki ostidadir. Uning hikmati
hammaning yukini belgilaydi va yana ajabki, Uning O’zi barchaning asraguvchisidir.
Boshidan boshlab tog‘ni yerning qozig‘i qildi*. Keyin yerni daryo suvi bilan yuvdi. Yer
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Do'stlaringiz bilan baham: |