www.ziyouz.com кутубхонаси
113
O’TTIZ BESHINCHI MAQOLA
BOSHQA BIR QUSH SAVOLI
Boshqa bir qush aytdi: «Ey nomdor Hudhud, menga ayt: safarda nimadan xursand
bo‘lay? Oshuftaligim kamaysin uchun biroz rushd' bo‘lsaydi koshki. Uzoq yo‘lda kishiga
rushd kerak, bo‘lmasa yo‘l azobidan zada bo‘ladi, nafratlanadi. Menda G’aybning qabuli
va rushdi yo‘q, ayblarim bilan odamlarni o‘zimdan bezdiraman.
HUDHUDNING JAVOBI
Hudhud dedi:
- Toki bor ekansan, yo‘lda bo‘l, shodu xurram-likda yur, ko‘nglingni cho‘ktirma.
Odamlar gapiga parvo qilma, o‘zingni erkin his qil. Shu bilan joning quvnaydi, g‘amga
botgan joningni xushu xurramlikda tutib yur. Ikki olamda mardlar shodligi Undandir, bu
charxifalakning aylanishi, tiriklik, hayotu harakat Undandir. Shunday ekan, Uning
xursandligida yashab yur, falak kabi Uning shavqida harakatda bo‘l. Ey xoksor odam,
ayt, Undan yaxshiroq seni shodlantiradigan yana nima bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |